Madridning “Real” klubi stadioni rekonstruksiyadan so‘ng “Abu Dabi Bernabeu” deb ataladi. Bu haqda “Stadion.uz” xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, kompaniya va klub o‘rtasidagi shartnomaga ko‘ra, arenaning yangi nomi uchun klub yiliga 20 million dollar oladi.
Buning ustiga BAAning International Petroleum Investment Company investitsiya fondi stadionni ta’mirlash uchun sarflanadigan pulning katta qismini to‘lab beradi. Ta’mirlash uchun yarim milliard yevro talab qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili “Real” vakillari klubning qarzlari 602 million yevroni tashkil etganini ma’lum qilgan edilar. Shuning uchun klub rahbariyati qarzlarni stadion nomini sotish orqali to‘lamoqchi.
Izoh (0)