O‘zbekiston milliy terma jamoasi 27-mart kuni Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi matbuot xizmati.
O‘zaro kelishuvga ko‘ra, uchrashuv Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida 27-mart kuni bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi shuningdek, 31-mart kuni safarda Yaponiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishi haqida avvalroq xabar bergan edik.
Ta’kidlash joiz, mazkur o‘rtoqlik uchrashuvlari O‘zbekiston terma jamoasiga shu yilning iyun oyida start oladigan JCh−2018 2-saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.
Izoh (0)