Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

General Motors konserni 2017-yilgacha Chevrolet Bolt elektromobilini chiqaradi, deya xabar bermoqda 3dnews.ru. Uning batareyasi quvvati 200 mil (taxminan 322 km) masofani bosib o‘tishga yetadi. Taqqoslash uchun Chevrolet Volt zaxirasi taxminan 61 km masofa uchun yetarli.

Foto: 3dnews.ru

Foto: 3dnews.ru

Yangi mashina krossover bo‘lib, 30 ming dollar atrofida sotiladi. Chevrolet Bolt’ning konseptual versiyasi AQShning Michigan shtati Detroit shahrida bugun, 12-yanvarda ochiladigan avtosalon doirasida namoyish etiladi.

Mashinaning texnik jihatlari haqida ma’lum bo‘lgan yagona narsa shuki, u LG Chem ishlab chiqaradigan akkumulyator batareyalari bilan jihozlanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Soliqlar, jarimalar, kommunal va boshqa to‘lovlarni qanday qilib uydan chiqmasdan to‘lash mumkin?
Mahalliy
BAA O‘zbekiston zargarlik sanoatiga investitsiya kiritishi kutilyapti
Dunyo
Zelenskiyning rafiqasi ukrainaliklar chiroqsiz va issiqliksiz yashashga roziligini ma’lum qildi