Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

9to5Mac portali Apple butunlay yangi dizayn, kattatoq rezolyutsiyaga ega ekran va yana boshqa ko‘plab yangiliklardan iborat 12 dyuymli MacBook Air’ni taqdim etishi haqida ma’lum qildi.

Foto: 9to5mac.com

Foto: 9to5mac.com

Maqola rasmiy ma’lumotlarga tayanmagan, biroq unga Kupertinodagi insayderlar bilan aloqalari borligi bo‘yicha taniqli Mark Gurman mualliflik qildi.

Foto: 9to5mac.com

Foto: 9to5mac.com

Uning yozishicha, yangi 12 dyuymli noutbuk 13 dyuymli modeldan ingichkaroq, 11 dyuymlisidan esa ensizroq bo‘ladi. Shu bilan birga, uning balandligi ham oshadi.

Foto: 9to5mac.com

Foto: 9to5mac.com

Klaviatura formati o‘zgarib, u noutbukning butun kengligi bo‘yicha joylashadi. Shuningdek, klavishlar orasidagi masofalar ham qisqartirildi.

Foto: 9to5mac.com

Foto: 9to5mac.com

Bundan tashqari, yangi MacBook Air’da to‘liq hajmli USB bo‘lmaydi, uning o‘rniga USB Type-C qo‘llaniladi.

Foto: 9to5mac.com

Foto: 9to5mac.com

12 dyuymli MacBook Air 2015-yil o‘rtalarida, OS X’ning yangi versiyasi taqdimoti bilan bir vaqtda namoyish etilishi kutilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Vazirlikning 8 mlrdga tushgan sayti, qashqadaryolik ota-o‘g‘ilning Toshkentni “lol qoldirgan” qilmishi: “Daryo”da hafta dayjesti
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi