AQShning Forbes jurnali 2014-yilda kinostudiyalarga eng ko‘p foyda keltirgan Gollivud aktyorlari reytingi e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Unga ko‘ra, “Ochlik o‘yinlari” va “X odamlar” filmlarining bosh qahramoni Jennifer Lourens birinchi o‘ringa loyiq topildi. Tugayotgan yilda uning ishtirokidagi filmlar 1,4 milliard dollar yig‘gan.
Undan keyingi o‘rinlarda 1,2 milliard dollar bilan “Galaktika soqchilari” va “Lego. Muvi” qahramoni Kris Pratt va 1,18 milliard dollar bilan “Ilk yengilmas” va “Lyusi” yetakchisi Skarlett Yoxansson bormoqda.
Shuningdek, o‘nlikdan Mark Uolberg (1 milliard dollar), Kris Evans (801 milion dollar), Emma Stoun (764 million dollar), Anjelina Joli (758 million dollar), Jeyms MakEvoy (747 million dollar), Maykl Fassbender (746 million dollar) va Xyu Jekman (746 million dollar) o‘rin olgan.
Izoh (0)