Vengriyaning Dyor shahrida shaxmat bo‘yicha 16 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasidagi Butunjahon yoshlar shaxmat olimpiadasi yakunlandi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
So‘nggi 10-tur uchrashuvini Olimpiadada 21-raqam ostida tasniflangan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Serbiyaga qarshi qora donalarda o‘tkazdi. Reytingda raqiblariga nisbatan yaxshiroq o‘ringa ega bo‘lishiga qaramay, yakunda Mamatqul Xaylayev shogirdlari 1,5:2,5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bu mag‘lubiyatdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi Butunjahon shaxmat olimpiadasini 10 ochko bilan 26-o‘rinda yakunladi. Serbiya esa 15-pog‘onadan joy oldi. O‘zbekiston terma jamoasi 10 ta uchrashuvdan to‘rttasida zafar quchdi. Yana shuncha o‘yinda imkoniyat boy berildi. Ikki bahs durang natija bilan yakunlandi.
Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston terma jamoasi so‘nggi tur oldidan turnir jadvalida 19-o‘rindan joy olib turgan bo‘lsa, Serbiya 24-pog‘onani band etgan edi.
Serbiya — O‘zbekiston: 2,5:1,5
Luka Radovich (2352) — Ortiq Nig‘matov: (2236) 0:1
Yanko Radovich (2272) — Nodirbek Yoqubboyev: (2144) 1,5:1,5
Velimir Ivich (2176) — WFM Bahora Abdusattorova: (2216) 1:0
Marina Gaychin (2036) — FM Nodirbek Abdusattorov: (2186) 1:0
Izoh (0)