Facebook endilikda iPhone’dan yuklangan suratlarning sifatini avtomatik ravishda yaxshilaydi
Facebook ijtimoiy tarmog‘iga Apple’ning iOS operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalardan yuklangan suratlar sifati avtomtik ravishda yaxshilanib, tarmoqqa joylanadi. Bu haqda Mashable xabar berdi, deb yozadi “Parol” nashri.
Surat va videolar ijtimoiy tarmog‘i hisoblanadigan Instagram’da tasvirlarni sifatini tahrirlash funksiyasi mavjud va ushbu funksiya boshqa tarmoqlarda ham ommalashmoqda. Shu bois Facebook ham o‘zida bu funksiyani joriy qila boshladi.
Biroq Instagram’da suratlarni foydalanuvchining o‘zi tahrirlaydi. Bunda har kim ham bunday ish uchun qobiliyatli bo‘lmasligi mumkin. Shu bois Facebook suratlarni tahrirlashni avtomatik ravishda amalga oshirmoqda. Agar suratlaringiz avtomatik ravishda tahrirlanishini istamasangiz, ularni o‘zingiz tahrirlashingiz yoki bu funksiyani o‘chirib qo‘yishingiz mumkin.
Seshanba kuni Facebook’ning iOS qurilmalar uchun mo‘ljallangan dasturida ushbu funksiyadan foydalanish imkoniyati yaratildi. Yaqin kunlar ichida esa Android qurilmalari ham bu funksiyadan foydalana boshlashi xabar qilingan.
Shuningdek, “Parol” nashrida quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin:
- 2014-yilning eng yaxshi mobil o‘yinlari reytingi e’lon qilindi;
- Samsung kompaniyasi uchta displeyli Galaxy S6 smartfonini taqdim etishi kutilmoqda;
- LG kompaniyasi 2015-yilda yangi avlod televizorlarini taqdim etadi va sota boshlaydi.