Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Nyu-Yorkning Kvins hududida yashovchi 17 yoshli Muhammad Islom birjadan 72 million dollarga teng mablag‘ni o‘zlashtirib oldi. U bunday natijaga tushlik paytida masofadan turib aksiyalar savdosi orqali erishdi, deb xabar bermoqda “Darakchi.uz” New York Post axborotiga tayanib.

Foto: darakchi.uz

Foto: darakchi.uz

Muhammad va uning ikki do‘sti kelgusi yilning iyun oyida o‘zlarining xedj-fondlarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Shaxsiy kompaniyani ochish vaqtining uzoq bo‘lishi ularga brokerlik litsenziyasini berish yoshiga yetishlari bilan bog‘liq. Uch o‘rtoq o‘z oldilariga birja savdosida ishtirok etib, yilning oxirigacha millard dollar ishlashni maqsad qilgan.

Muhammad hali pulini qayerga ishlatish bo‘yicha bir qarorga kelgani yo‘q. U o‘ziga BMW mashinasini sotib oldi, ammo mashinani boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi yo‘q. O‘quvchi Manxettendan qimmat joyni ijaraga olgan, biroq ota-onasi bunga qarshilik qilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank