Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida kelasi mavsum Osiyo Chempionlar ligasi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Uff.uz”.
Eslatib o‘tamiz, bu musobaqada O‘zbekistondan to‘rt klub ishtirok etadi. “Paxtakor”, “Lokomotiv” va “Nasaf” Chempionlar ligasini guruh bosqichidan boshlaydigan bo‘lsa, “Bunyodkor” pley-offda BAAning “Al Jazira” jamoasiga qarshi kurash olib borishi lozim. Ushbu uchrashuv 17-fevralda Toshkentda bo‘lib o‘tadi. G‘olib bitta uchrashuvga ko‘ra aniqlanadi.
Qur’aga ko‘ra o‘zbek klublari guruhlarga ajratildi. “Paxtakor” “B” guruhida birinchi savatchaga joylandi. “Lokomotiv” “C” va “Nasaf” “D” guruhidan o‘rin olgan.
G‘arb
“A” guruhi: “Bunyodkor” - “Al Jazira” juftligi g‘olibi,“An Nasr” (Saudiya Arabistoni)“Persepoles” (Eron)“Lahviya" (Qatar)
“B” guruhi: “Paxtakor” (O‘zbekiston)“Ash Shabob” (Saudiya Arabistoni)“Al Ayn” (BAA)2-saralash juftligi g‘olibi
“C” guruhi: “Lokomotiv” (O‘zbekiston)“Al Hilol” (Saudiya Arabistoni)“Fulad” (Eron)4-saralash juftligi g‘olibi
“D” guruhi:“Nasaf” (O‘zbekiston)“Al Ahli” (BAA)“Traktorsozi” (Eron)1-saralash juftligi g‘olibi
Sharq
“E” guruhi: “Chonbuk” (Janubiy Koreya)“Shandong” (Xitoy)“Bin Duong”2-saralash juftligi g‘olibi
“F” guruhi: “Gamba Osaka” (Yaponiya)“Seongnam” (Janubiy Koreya)“Buriram Yunayted” (Tailand)3-saralash juftligi g‘olibi
“G” guruhi: “Brisben Roar” (Avstraliya)“Urava Reds” (Yaponiya)“Suvon Blyuvings” (Janubiy Koreya)4-saralash juftligi g‘olibi
“H” guruhi: “Guanchjou” (Xitoy)“Vestern Sidney” (Avstraliya)“Kashima Antlers” (Yaponiya)1-saralash juftligi g‘olibi.
Izoh (0)