Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ob-havo ma’lumotlariga ko‘ra, shu haftaning seshanba kunidan boshlab O‘zbekistonning barcha hududlarida keskin sovuq tushishi va yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar berdi “Kun.uz”.

Foto: kun.uz

Foto: kun.uz

25-noyabrdan bir qator viloyatlarda qor yog‘adi, havo harorati 0 gradusdan pastga tushib ketadi. Respublika bo‘yicha havo harorati o‘rtacha kunduzi 0–2° iliq, kechasi esa 2–5° sovuq atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘istonda havo harorati eng sovuq darajada bo‘ladi. Bu yerda harorat 26-noyabr kuni 7–12 daraja sovuq, kunduzi esa 0–5 daraja sovuq atrofida bo‘ladi. 27–29-noyabr kunlari havo harorati sekin-asta ko‘tarilib, kechasi 0–5° sovuq, kunduzi 1–6° iliq bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysida, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida havo biroz iliqroq bo‘ladi. 26-noyabr kuni kechasi havo harorati 1–6° sovuqqacha tushib ketadi, 27–29-noyabr kunlari kechasi harorat 3° sovuq−2° iliq atrofida, kunduzi esa 5−10 daraja iliq havo bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda harorat 26-noyabr kuni kechasi 3° sovuq−2° iliq atrofida bo‘ladi. 27–29-noyabr kunlari kechasi 1–6°, kunduzi esa 8-13° atrofida iliq havo bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi