Ispaniya parlamenti deputatlari mamlakat hukumatiga Isroil va Falastin o‘zaro mojaroni hal qilishga kelishib olsa, Falastinni davlat sifatida tan olishni tavsiya qilgan hujjatni ko‘pchilik ovozi bilan qabul qildi, deb xabar bermoqda Le Figaro.
Muxolifatdagi Sotsialistlar partiyasi oldinroq Falastinni darhol tan olish to‘g‘risida rezolyutsiya tayyorlagan edi. Biroq boshqaruvdagi Xalq partiyasi rezolyutsiyani hozrgi ko‘rinishigacha yengillashtirishga muvaffaq bo‘lgan.Avvalroq, Buyuk Britaniya va Irlandiya parlamentlari ham o‘z hukumatlariga Falastinni davlat sifatida tan olishni tavsiya qilgani xabar berilgan edi. Fransiya parlamentida esa bu masala yaqin orada ovozga qo‘yilishi aytilgan. Shvetsiya Falastinni davlat sifatida uzil-kesil tan olgan bo‘lsa, Finlandiya ham bu boradagi istagini bildirgan edi.