O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi 2014/2015-o‘quv yilida umumta’lim maktablarida darsliklar ijara to‘plamiga belgilangan yagona ijara to‘lov miqdorini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablarda 2-sinflar uchun 9 ta darslikdan iborat to‘plamni ijaraga olish narxi 6900 so‘m, 3-sinflar uchun — 8200 so‘m (9 ta darslik), 4-sinf — 7100 so‘m (8 ta), 5-sinf — 6200 so‘m (9 ta), 6-sinf — 6100 so‘m (10 ta), 7-sinf — 7400 so‘m (13 ta), 8-sinf — 9100 so‘m (13 ta) va 9-sinflar uchun 9500 so‘m (16 ta darslik) deb belgilandi.
Shuningdek, rus va boshqa tillardagi maktablar uchun ham dasrliklarning ijara to‘lovlari belgilangan. Bular haqida batafsil Xalq ta’limi vazirligining saytida tanishish mumkin.