Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Gruziya bosh prokuraturasi mamlakat sobiq prezidenti Mixail Saakashviliga nisbatan xalqaro qidiruv e’lon qilish protsedurasini boshladi, deya xabar berdi “ITAR-TASS” mamlakat bosh prokuraturasining matbuot kotibi Natiya Suxiashviliga tayanib.

Foto: “ITAR-TASS”

Foto: “ITAR-TASS”

Natiya Suxiashvili sobiq prezidentga ichki davlat qidiruvi e’lon qilinishi bilan parallel ravishda Bosh prokuraturaning tegishli huquqiy so‘rovi asosida unga xalqaro qidiruv e’lon qilib, Interpolning Qizil sirkulyariga kiritish protsedurasi boshlanganini aytdi.

Nashrning aniqlik kiritishicha, Qizil sirkulyar ro‘yxatidagi shaxslar yuqori xavf tug‘diruvchi hisoblanib, dunyoning har bir mamlakatida huquq-tartibot kuchlari tomonidan hibsga olinadi va Interpolga tegishli so‘rov yuborgan davlatga topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 14-avgustda Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashviliga nisbatan rasman davlat ichidagi qidiruv e’lon qilingan edi.

Gruziya prokuraturasi sobiq prezidentni davlatga tegishli 5 million dollar mablag‘ni noqonuniy ravishda sarflab yuborganlikda ayblanmoqda. Bundan tashqari, u 2007-yil 7-noyabr kuni Tbilisida namoyishga chiqqan muxolifatni kuch bilan bostirganlikda va Gruziya parlamenti sobiq deputati Valeriy Gelashvilini do‘pposlaganlikda ayblanmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi