Isroil armiyasi falastinlik terrorchilar yetakchisidan birini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar berdi Euronews.
G‘azo sektoriga qarata amalga oshirilgan aviahujum natijasida “Islom jihodi” terrorchilik tashkilotining “Al-Quds brigadasi” nomli harbiy qanoti rahnamosi Hafez Hamad bilan birgalikda yana 27 kishi halok bo‘ldi.
Bundan avval falastinliklar Isroil havo harbiy kuchlari Falastinning aviahujum uyushtirishga javobgar shaxsi — Halid Mansurning uyini xarobaga aylantirgani haqida xabar bergan.
8-iyul butun kun mobaynida G‘azo sektori tomonidan uyushtirilgan hujum natijasida Istoilning Sderot va Ashkelon aholi punktlarida havo hujumidan ogohlantiruvchi sirena jarangladi. Tel-Aviv shahri atrofiga ham ikki marotaba hujum uyushtirildi. Quddus tomonga uchirilgan raketalardan biri raketaga qarshi mudofaa tizimi tomonidan yo‘q qilindi.
Xabar berganimizdek, Isroil “har kuni HAMAS jangarilari tomonidan xavf ostida bo‘lgan” Isroil fuqarolari xavfsizligini ta’minlash uchun “Himoya chizig‘i” operatsiyasi o‘tkazilishini e’lon qildi.
Izoh (0)