Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon Rossiya Birinchi kanalidagi “Toch v toch” (“Xuddi o‘zginasi”) shousining 11-turida rus folk-rok ijrochisi Pelageya qiyofasida sahnaga chiqdi. Bu haqda 12news.uz xabar berdi.

Pelageya qiyofasidagi Sevara Nazarxon. Foto: “Vkontakte” / СЕВАРА НАЗАРХАН

Pelageya qiyofasidagi Sevara Nazarxon. Foto: “Vkontakte” / СЕВАРА НАЗАРХАН

“Toch v toch”ning navbatdagi bosqichida Sevara Pelageyaning “V gornitse” deb nomlangan taronasini ijro etdi.

Hakamlar hay’ati a’zolari Leonid Yarmolnik va Gennadiy Xazanov Sevaraning chiqishiga a’lo baho qo‘ydi. O‘zbek xonandasini Lyubov Kazarnovskaya to‘rt ball, Maksim Averin esa uch ball bilan baholadi. Keyinroq, betaraf hakam Filipp Kirkorov Sevara ijrosini to‘rt ballga loyiq, deb topdi va u jami 21 ball to‘pladi.

Ta’kidlash joiz, Sevara Nazarxon 2013-yil iyulda Moskvadagi “Ermitaj” bog‘ida bo‘lib o‘tgan Pole-Music xalqaro festivalida Pelageya bilan o‘zbek tilida duet kuylagan edi.

Eslatib o‘tamiz, Sevara Nazarxon mazkur shouning birinchi raundida 23 ochko bilan beshinchi o‘rinni, ikkinchi bosqichida 21 ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinni, uchinchi turida 25 ball to‘plab, to‘rtinchi o‘rinni egallagan edi. To‘rtinchi raundda Sevara Dmitriy Koldun va Irina Dubsova bilan bir xil — 24 ball, beshinchi bosqichda 23 ball, oltinchi va yettinchi turlarda 24 balldan, shuningdek, maxsus sakkizinchi turda 25 ball, to‘qqizinchi raundda 22 ball, 10-bosqichda esa 25 ball to‘plagan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi