Sony Mobile Xperia ZL2 smartfonini taqdim etdi
Sony Mobile kompaniyasi Xperia ZL2 smartfoni haqida e’lon qildi. O‘tgan yilgi Xperia ZL modelining davomchisi faqat Yaponiyadagina sotiladi. Bu haqda mobinfo.uz xabar berdi.
Xperia ZL2 5 dyuymli 1920×1080 o‘lchamidagi IPS-displey, to‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon 801 protsessori, 3 Gb tezkor, 32 Gb ichki xotiraga ega.
Smartfon 20,7 megapikselli asosiy kamera, soatiga 3000 milliamperli akkumulyator bilan jihozlangan. Qurilma Android 4.4 KitKat operatsion tizimida ishlaydi.
Xperia ZL2’ning o‘lchamlari 137×72×10,8 mm , og‘irligi 167 grammga teng. Hozircha uning narxi va sotuvga chiqish sanasi haqida ma’lumotlar yo‘q.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar