O‘zbekiston Kubogi doirasida Namanganning Uychi tumanida o‘tkazilgan “Xotira-79” va “Kosonsoy” klublari o‘rtasidagi uchrashuvni stadionda tomosha qilgan mehmon jamoa muxlislari o‘yingohdagi sharoitni tanqid qilgan. Bu haqda “Uff.uz” o‘z foydalanuvchilarining fikrlariga tayanib yozadi.
O‘zbekiston Kubogi doirasida “Xotira-79” (Uychi) va “Kosonsoy” jamoalari o‘rtasida kechgan o‘yinga chiptani 3000 so‘mdan sotib oldik. Stadion ahvoli va undagi voqealar haqida esa kino olsa bo‘ladi. Stadionning faqat bir tomonida o‘rindiqlar bor. U yerdan mezbon jamoa muxlislari o‘rin oldi. O‘yingohning ikkinchi tomonida esa maydonga 2 metr yetmay tennis korti qurilgan. Tennis korti panjara bilan o‘ralgan bo‘lib, biz — kosonsoylik muxlislarni huquq-tartibot xodimlari kort panjarasiga kiritib, ustimizdan qulflab qo‘ydi. O‘yinni tik turgan holatda, panjara ortidan kuzatdik. Stadion ichiga ham kort quradimi? Hatto futbolchilar autdan to‘pni o‘yinga kiritishida ham kort panjarasi halaqit qiladi. PFLga “rahmat”, shunday o‘yingohda Kubok va Birinchi liga o‘yinlarini o‘tkazishga ruxsat bergani uchun.Eslatib o‘tamiz, “Xotira-79” va “Kosonsoy” klublari o‘rtasida kechgan uchrashuvda uychiliklar 2:0 hisobida g‘alabaga erishgan edi.
Izoh (0)