Xalqaro sport kurashlari federatsiyasi — FILA O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Rashid Qurbonovni dunyoning 2013-yildagi eng zo‘r kurashchisi deb topdi. Vazni 74 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar musobaqasida ishtirok etadigan sportchi o‘tgan yilgi mavsumda Hindistonda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida va Ozarbayjon mezbonlik qilgan “Oltin Gran-pri” turkumidagi musobaqada bosh sovrinni qo‘lga kiritdi, deb yozadi “Sports.uz”.
Shuningdek, mohir kurashchi Vengriyadagi jahon chempionatida uchinchi o‘rinni egalladi. Rashid Qurbonov o‘tgan yilgi nufuzli musobaqalarda erkin kurashchilar o‘rtasida eng ko‘p — 21 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi.Hozirda Rashid Qurbonov 2016-yili Braziliyada bo‘ladigan Olimpiya o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Izoh (0)