O‘zbekistonlik ikki karra Olimpiya chempioni Bahodir Jalolov super og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni ukrainalik Oleksandr Usikga qarshi ringga chiqishni xohlayotganini ma’lum qildi. Bu haqida The Ring nashriga tayanib, “Sports.kz” xabar berdi.

Jalolov bir necha oy vaqt berilsa, Oleksandr Usik va Entoni Joshua bilan jang qilishga tayyor bo‘lishi haqida gapirdi:
Menga ikki-uch oy vaqt bering. Biroz shug‘ullansam, Usik va Entoni Joshua bilan jangga tayyor bo‘laman. O‘ylaymanki, bu qarama-qarshiliklar muxlislar uchun qiziq bo‘ladi. Ular ham men kabi Olimpiya chempionlari hisoblanadi, shuningdek professional boksda ham katta yutuqlarga erishishgan. Ehtiyot bo‘ling, men yo‘lga chiqdim, dedi Jalolov The Ring nashriga bergan intervyusida.
Bahodir Jalolov 2021 va 2024-yilgi Olimpiadalarda oltin medalni qo‘lga kiritgan. Professional boksda esa 14 ta jangning barchasida raqiblarini nokautga uchratgan. U 5-aprel kuni Ostonada ukrainalik Igor Shevadzutskiyga qarshi ringga chiqadi.
2012-yilgi Olimpiya chempioni Oleksandr Usik esa professional boksda hozirgacha mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettirib kelmoqda (23-0) va super og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni hisoblanadi.
Izoh (1)
Gap yuq