Xitoy Ukrainadagi vaziyat uchun bevosita NATO javobgar, deb hisoblaydi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin brifingda ma’lum qildi.
“NATO zimmasida olib tashlab bo‘lmaydigan mas’uliyat bor: alyans o‘z roli haqida o‘ylashi, aybni boshqa tomonga ag‘darishni to‘xtatishi va inqirozni siyosiy yo‘l bilan hal qilish uchun samarali amaliy choralar ko‘rishi kerak”, — dedi u.
Van Venbinning aytishicha, Xitoy urushayotgan tomonlarga qurol bermayapti va ikki maqsadli mahsulotlar, jumladan, dronlar eksportini qattiq nazorat qiladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Rossiya tomonidan import qilinadigan qurol komponentlari va ikki maqsadli buyumlarning 60 foizdan ortig‘i AQSH va G‘arb davlatlaridan keladi”.
Izoh (0)