Iordaniya harbiylari 23-aprel kuni ocharchilik changalida qolgan G‘azoga havodan gumanitar yordam yuklarini tashladi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.
Iordaniyaning Petra nashri xabariga ko‘ra, Iordaniya harbiylari G‘azo shimolidagi bir nechta obyektlarga yetti marta havodan gumanitar yordam yuklari tashlagan. Rasmiylar, shuningdek, G‘azoga havodan, quruqlik konvoylari orqali va Ammandagi Marka aeroporti orqali Misrning Al-Arish xalqaro aeroportiga gumanitar va tibbiy yordam yuborishni davom ettirishlarini maʼlum qilishgan.
Petra manbasining aytishicha, Iordaniya 7-oktyabrdan beri G‘azoga 87 marta havodan gumanitar yordam yuborgan. 209 ta xalqaro yordam dasturida ishtirok etgan.
23-apreldagi yordam dasturi AQSH, Misr va Germaniya bilan birgalikda amalga oshirilgan. Yuklar kelishilgan holda, tartibsizlik yuzaga keltirmaslik uchun, gumanitar halokat zonasining turli qismlariga tashlangan.
“G‘azoga eʼtibor qarating. Bizning butun diqqat eʼtiborimiz G‘azoda bo‘lishi kerak!”, — degan Iordaniya tashqi ishlar vaziri Ayman Safadiy CNN telekanaliga bergan intervyusida.
Izoh (0)