Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimiyati huquqshunosi maktab basseynida halok bo‘ldi. Bosh prokuratura holat yuzasidan “Daryo”ga maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, 18-aprel kuni soat 15:30 lar atrofida 1970-yilda tug‘ilgan erkak (Yakkasaroy tumani hokimiyati huquqshunosi) Yakkasaroy tumanida joylashgan maktabdagi basseynda cho‘milganda ahvoli yomonlashib, vafot etgan.
Marhumning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)