Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya global va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda barcha manfaatdor sheriklar bilan yaqin hamkorlikka tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Yana ta’kidlayman: Rossiya global va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, ko‘pchilik mamlakatlar manfaatlariga javob beradigan yangi ko‘p qutbli dunyo tartibini shakllantirishda barcha manfaatdor sheriklar bilan yaqin hamkorlik qilishga tayyor, — dedi Putin xavfsizlik masalalari bo‘yicha oliy vakillarning XII xalqaro yig‘ilishi ishtirokchilariga videomurojaatda.
Uchrashuv Rossiya Xavfsizlik kengashi shafeligida Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tmoqda.
Bugungi uchrashuvingiz mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi, sayyoramizda tinchlik va barqarorlik manfaatlari yo‘lida hamkorlikni mustahkamlashga yordam berishiga ishonaman, — deya qo‘shimcha qilgan Rossiya rahbari.
Izoh (0)