Daryo

“Qish qurgʻoqchil, bahor suvsiz keladi” — gidrometeorolog

Yer yuzasining deyarli 80 foizida oktyabr odatdagidan quruq va iliq, 3-4 daraja meʼyordan baland harorat kuzatilmoqda. Bu haqda gidrometeorolog, Qishloq xoʻjaligi vazirligi xodimi, (“Oʻzgidromet” sobiq xodimi) Humoyun Magʻripov “Daryo” saytiga bergan izohida maʼlum qildi.

2 daqiqa o‘qish4 797 ko‘rishlar0 izoh81

Yer yuzasining deyarli 80 foizida oktyabr odatdagi oktyabrga nisbatan quruq va iliq, 3-4 daraja meʼyordan baland harorat kuzatilmoqda. Bu haqda gidrometeorolog Humoyun Magʻripov “Daryo” saytiga bergan izohida maʼlum qildi.

Mutaxassisning aytishicha, noyabr oyida ham oktyabr oyi kabi nisbatan quruqroq iqlim saqlanish ehtimoli bor.

2026-yilning bahor fasli oylarida qishloq xoʻjaligida suv yetishmasligi, nisbatan qurgʻoqchilroq mavsum boshlanish ehtimoli katta boʻlib turibdi.

Biz bilgan noyabr oyi Toshkent shahri uchun 41 mm oʻrtacha yogʻingarchilik keltirgan. Mana shu yogʻin miqdori kamroq boʻlish ehtimoli bor. Bundan tashqari avval yogʻingarchilik kuzatiladigan kunlar oʻrtacha yetti kun atrofida boʻlgan. Endilikda bu nisbatan qisqaroq boʻlishi ehtimoli bor, — dedi Humoyun Magʻripov.

​Gidrometeorologning aytishicha, noyabrda qor yogʻish ehtimoli boʻlgan taqdirda ham qorli kunlar u qadar koʻp boʻlishi kutilmayapti.

Havoning quruq kelishi, birinchidan, mevali daraxtlarga ham unchalik foydali emas. Chunki uyquga ketish yoki dam olish muddatlari oʻzgaradi yoki orada qisqa muddat sovuq tushib, qaytadan havoni ilib ketishi ham ularni qayta uygʻotib, qayta unib chiqishiga ham sabab boʻlib qoladi. Ijobiy tomonlarini oladigan boʻlsak, qishloq xoʻjaligida ekinlarni, meva-sabzavotlarni yigʻishtirib olishga qulayroq sharoit yaratib beradi. Misol uchun, paxta hosilini nisbatan sifatli terib olishga yordam beradi. Lekin keyingi yil uchun bu ijobiy natija emas. Ayni daqiqalarda oʻtgan yilgi mana shu davrga toʻgʻri kelgan aerosyomka, yaʼni kosmik suratlardagi qor bosgan hududlar bilan bu yilgini solishtirib koʻrsak, juda katta farq mavjud. Yaʼni togʻlarda ham qor zaxirasi hali toʻliq shakllanib ulgurmadi. Yaʼni bu yil hisobidan qor zaxirasiga qoʻshimcha qor yogʻib ulgurmagan, deyarli. Endi yaqin oʻtgan davrda Qozogʻiston va Qirgʻizistonning togʻli hududlarida qor yogʻganligini maʼlumotlari tarqaldi. Endi bu baribir bir yillik yogʻadigan qor ulushida juda kam qiymatni egallaydi, dedi u.

​Avvalroq iqlimshunos olim Erkin Abdulahatov qishining quruq kelishi oqibatida 2026-yil qishloq xoʻjalik tarmogʻida ogʻir, sinovli davr boʻlishi mumkinligini maʼlum qilgan edi.

Oʻzbekistondanman. Milliy universitetning jurnalistika fakultetida toʻrt yil amallab yurganman. Jurnalist boʻlish uchun diplom shart emas. “Daryo”da 2019-yildan beri xabar yozishga harakat qilaman. Sharof Boshbekovning “Yuzsiz” filmi qayta koʻrishga arziydi. Ulugʻbek Hamdamning “Badiiy tafakkur tadriji” kitobi soʻz haqidagi fikrlarimni parchalab tashlagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar