“O‘zgidromet” 19—23-yanvar kunlariga ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 19-yanvarda faqat Navoiy viloyatida va ertalab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida biroz qor yog‘adi. 20-yanvarda faqat respublikaning janubiy-g‘arbiy hududlari bo‘yicha kechqurun yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.
21—23-yanvar kunlari O‘zbekistonning katta qismida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Haftaning birinchi yarmida havo harorati kechalari 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduz kunlari 3-8 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Haftaning ikkinchi yarmida harorat asta-sekin kechalari 2-7 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 2 daraja sovuq-3 daraja iliqqacha pasayadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ushub hafta davomida harorat asosan kechalari 8-13 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuq, 23-yanvarga kelib, 3 daraja iliqqacha bo‘ladi.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 21—22-yanvarda respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi. Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkentda 19—21-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari 2 daraja sovuq-1 daraja iliq, dushanba va seshanba kunduz kunlari 3-6 daraja iliq, 21-yanvar, chorshanba kuni 7-9 daraja iliq bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. 22—23-yanvarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Harorat 22-yanvarda kechasi va kunduzi 0-2 daraja iliq, 23-yanvarda kechasi 3-6 daraja sovuq, kunduzi 0 daraja atrofida bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.








