Daryo

O‘zbekistonda kelasi hafta havo harorati 13 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda

8-dekabr kuni esa respublikaning baʼzi joylarida qor yog‘adi

1 daqiqa o‘qish147 580 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston hududiga 8—11-dekabr kunlari sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Maʼlum qilinishicha, havo harorati kechalari 5-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuqqacha pasayadi. Shuningdek, shimolda kechalari 8-13 daraja sovuq, kunduz kunlari 2-7 daraja sovuq bo‘ladi. 

8-dekabr kuni esa respublikaning baʼzi joylarida qor yog‘adi. Shu kuni ayrim joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Avvalroq 6—7-dekabr kunlari quruq ob-havo saqlanib turishi, faqat respublika shimolida shanba kuni baʼzi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Baʼzi joylarga tuman tushishi kutilmoqda.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar