• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston 2025—2030-yillarga mo‘ljallangan Bolalar saratoniga qarshi kurashish milliy strategiyasini qabul qildi

    O‘zbekistonda “O‘zbekiston-2030” strategiyasi, Bolalar saratoni bo‘yicha global tashabbus (GICC), Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida JSST, YUNISEF, Vena xalqaro tibbiyot universiteti va boshqa xalqaro tashkilotlar ko‘magida 2025—2030-yillarga mo‘ljallangan Bolalar saratoniga qarshi kurashish milliy strategiyasi ishlab chiqildi va qabul qilindi.

    Ushbu voqea bolalar saratoniga qarshi kurashda yangi bosqichni boshlab beradi, tashxis qo‘yish va davolashda multiditsiplinar yondashuvni ta’minlash orqali pediatriya yordamini ko‘rsatish tizimini takomillashtiradi.
    Milliy strategiya sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilishga yo‘l ochadi, kadrlar va infratuzilma salohiyatini mustahkamlaydi, bolalarga barcha darajalarda yuqori sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishga yagona yondashuvni shakllantiradi.

    Foto: SSV
    Foto: SSV

    “Bolalar saratoni endi oilalar yolg‘iz o‘zi kurashayotgan muammo emas, bu milliy ustuvorlikka aylandi”, deya ta’kidladi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayorov. “Strategiya 2030-yilga kelib yashovchanlik darajasini kamida 60 foizga yetkazish va o‘lim ko‘rsatkichini 2,5 baravar kamaytirish bo‘yicha majburiyatimizga mos keladi, bu esa jahondagi ilg‘or tajribani aks ettiradi”.

    15-may kuni vazirlik va idoralar, Ota-onalar uyushmasi, xalqaro tashkilotlar, jumladan BMTning O‘zbekistondagi Doimiy muvofiqlashtiruvchisi ofisi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST), BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF), BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD), Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholi jahon jamg'armasi (UNFPA), BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), BMTning Loyihalarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi (YUNOPS), jamoat birlashmalari yetakchi vakillari hamda soha mutaxassislari Strategiyani amalga oshirish yo‘llarini muhokama qildilar.

    Ko‘p sohali muloqotda ishtirokchilar yaxlit yondashuvning muhimligini ta’kidlab, asosiy jihatlarni muhokama qildilar: erta tashxis qo‘yish va davolashning zamonaviy dasturlarini joriy etish zarurati, tibbiyot muassasalari infratuzilmasini takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash, onkologik xizmatlarni raqamlashtirish orqali tibbiy yordam ko‘rsatish, keng qamrovli monitoring tizimlari, shuningdek, ruhiy-ijtimoiy va oilaviy qo‘llab-quvvatlash yo‘llari.

    Foto:SSV
    Foto: SSV

    Tadbirda so‘zga chiqqan JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari doktor Ashina Xalakdina shunday dedi: "Bolalar saratoni bo‘yicha milliy strategiyani - aniq maqsadlar, aniq chora-tadbirlar va imkon qadar ko‘proq bolalar hayotini saqlab qolish uchun zarur resurslarni o‘z ichiga olgan hujjatni ishlab chiqish O‘zbekiston uchun muhim qadamdir. Ushbu strategiya mamlakatda to‘plangan haqiqiy ma’lumotlar asosida saraton kasalligiga chalingan bolalarga sifatli yordam ko‘rsatish imkoniyatini kengaytirishga yordam beradi".

    O‘zbekiston oldinga qarab dadil qadamlar tashladi. Mamlakat JSSTning bolalar saratoniga qarshi kurash bo‘yicha Global tashabbusiga qo‘shildi va saraton kasalligiga chalingan bolalarni dori vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha Global platformaning ishtirokchisiga aylandi. Buning natijasida bugun mamlakat bo‘ylab 16 ta tibbiyot muassasasida bolalar xavfsiz, samarali va bepul dori vositalarini olmoqda.

    Foto: SSV
    Foto: SSV

    JSST O‘zbekistonni, ayniqsa, strategiya amalda ishlashi uchun boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yish, sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish va ma’lumotlardan foydalanish masalalarida qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi.

    “Bolalar saratoni bo‘yicha ko‘p tarmoqli strategiya muhim bo‘lib, saraton kasalligiga qarshi kurashda rivojlanishni tezlashtirish va barcha muhim tuzilmalarni birlashtirish uchun jiddiy imkoniyat yaratadi”, dedi YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rexina Mariya Kastijio. "Bunday jamoaviy yondashuv muhim, chunki bolalar saratoniga qarshi kurash nafaqat hayotlarni saqlab qoladi, balki oilalar va sog‘liqni saqlash tizimiga uzoq muddatli iqtisodiy yukni ham kamaytiradi".

    Foto: SSV
    Foto: SSV

    17 may, 09:09   Izoh (0)   1701
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ronaldu qaysi klub futbolchilari bilan hech qachon libos almashmasligini aytdi

    Sport | 18 may, 10:13

    Mutaxassis Toshkentda kuzatilgan chang bo‘roni sabablarini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 18 may, 09:58

    UFC. Nursulton Ro‘ziboyev navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi (vdeo)

    Sport | 18 may, 09:02

    O‘zbekistonda OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi rad etildi

    O‘zbekiston | 18 may, 08:46

    “Yangi daraxt — yangi nafas” respublika ekochempionati amalga oshiriladi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:40

    Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘zbekistonlik qizcha vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:17

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z uyida bir kishi kam “Andijon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 17 may, 22:58
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.