Daryo

O‘zbekistonda Ai-80 benzinini sotmasdan saqlab turgan zapravkalarning birja savdolarida ishtirok etishi to‘xtatildi 

Ayrimlarida ushbu benzin narxi asossiz oshirilgan holda sotilgan

1 daqiqa o‘qish32 520 ko‘rishlar0 izoh0

“O‘zenergoinspeksiya” Ai-80 benzinini sotmasdan saqlab turgan zapravkalar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatilganini e’lon qildi.

Foto: “O‘zenergoinspeksiya”

Inspeksiya tomonidan neft mahsulotlarini yetkazib berish va ularni sotuvga chiqarilishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida bir qator AYQSHlarda qoidabuzarliklar aniqlangan.

Xususan, Buxoro tumani “Shergiron” MFYda joylashgan “E.N.M.” MCHJga qarashli AYQSH o‘rganilganda, 2024-yilning oktyabr oyi boshida faoliyati to‘xtatilganiga qaramay, 10, 16, 18-oktyabr kunlari davomida jami 11,3 tonna Ai-80 avtobenzini birja orqali xarid qilinib, shoxobchaga tushirilmagan va xaridorlarga sotilmagani aniqlangan.

Bu kabi holat Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan “D.O.P.” MCHJga qarashli shoxobchada ham kuzatilgan. 19 931 litr miqdoridagi Ai-80 benzini asossiz saqlab turilgani hamda 20 ta 10 litrlik nostandart yelim idishlarda jami 200 litr benzin shoxobcha hududida saqlanayotgani ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi 5 ta AYQSHda, ya’ni  “S.O.757” MCHJ, “O.X.” MCHJ , “B.O.X.” MCHJlar hamda “S.” va “Sh.” xususiy korxonalarga qarashli AYQSHlarda Ai-80 avtobenzin narxi asossiz oshirilgan holda sotilayotgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYQSHlarda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.

Birja savdolarida Ai-80 benzinning tonnasi 78,1 ming so‘mga qimmatlab, 9 million 726 ming so‘mga chiqqan. Bir yil avval Ai-80 benzinning tonnasi o‘rtacha 7 million 228 ming so‘mdan sotilgan. Ya’ni, bir yil davomida mazkur markadagi benzinning narxi 35 foizga qimmatlashgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar