Daryo

Bosh prokuratura Sirdaryodagi qotillik tafsilotlarini ochiqladi

Marhum qotillikdan avval bolani yoniga chaqirib, qo‘lidagi pichoq bilan uni o‘ldirishini so‘ragan va qo‘rqitgan

1 daqiqa o‘qish37 712 ko‘rishlar0 izoh0

Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida 13 yoshli maktab o‘quvchisi qotillikka qo‘l urgani haqida xabar berilgandi. Bosh prokuratura axborot xizmati qotillik tafsilotlarini ochiqladi. 

Ma’lum bo‘lishicha, 2024-yil 18-oktyabr kuni Boyovut tumanida yashagan 23 yoshli erkak murdasi Guliston shahrining “Navbahor” mahallasi hududidagi kanal yonidan topilgan. 

Voyaga yetmagan Sh.A. (o‘g‘il bola) joriy yil 18-oktyabr kuni “Do‘stlik” va “K-3” kanali oralig‘idagi tashlandiq joydan o‘tib ketayotgan vaqtida uzoq qarindoshi F.J. uni chaqirib, qo‘lidagi pichoq bilan uni o‘ldirishini so‘ragan. Bola buni rad qilganidan so‘ng, F.J. voyaga yetmagan Sh.A.ni qo‘rqitgani bois voyaga yetmagan bola uni pichoq bilan qasddan o‘ldirgan, deyiladi Bosh prokuratura axborotida. 

Marhum F.J. ruhiy kasalliklar dispanserida “paranoid shizofreniya epizodik kechishi” tashxisi bilan ro‘yxatda turgan.

Holat yuzasidan 2024-yil 18-oktyabr kuni Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar