2025-yil 10-aprel kuni Uxu (Xitoy) shahrida Chery kompaniyasining so‘nggi gibrid texnologiyalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Standartlar deklaratsiyasi va Chery Hybrid Open Source tashabbusi taqdim etildi. Chery Super Hybrid (CSH) brendi kompaniyaning global mobillikda quvib yetuvchidan yetakchiga o‘tishini belgilab berdi.
- 20 yildan ortiq R&D tadqiqotlari va strategik rejalashtirish Chery kompaniyasiga gibrid texnologiyalarning ilg‘or "uchligi"ni yaratish imkonini berdi: asosiy texnologiyalar ustidan to‘liq nazorat, sanoat xavfsizligi standartlari va jahon kompaniyalari bilan hamkorlikda ochiq ekotizim.
- Butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilarning ehtiyojlarini tahlil qilish Chery’ga premium-gibridlarning yagona standartlari – yuqori quvvatga ega arxitektura, samaradorlik, intellekt, xavfsizlik va yo‘ltanlamasga xos imkoniyatlarini aniqlashga yordam berdi.
- CSH (Chery Super Hybrid) afzalliklaridan foydalangan holda, Chery barcha modellar uchun 1600 km dan ortiq ishonchli harakatlanish zahirasi, xavfsizlik va universallikni taklif etadi.
- Chery uchun asosiy xalqaro bozorlardan biri bo‘lgan O‘zbekiston ham mashhur modellarning gibrid veriyalari sotuvlarini boshlanishi tayyorlanmoqda – birinchi yangi avtomobillar tez orada taqdim etiladi.
Global istiqbol: Chery gibrid texnologiyalar “uchligi”ni yaratmoqda
Chery gibridlarni ishlab chiqishni 2001-yilda boshlagan, o‘sha paytda bu g‘oya futuristik bo‘lib tuyulgan. Bugungi kunda u Xitoyda eng yirik modellar qatoriga ega bo‘lgan gibrid yo‘nalishning yetakchisi hisoblanadi.
Chery raisi In Tunyue kompaniya strategiyasi ekologiyaga zarar yetkazmaslik, hammaboplik, xavfsizlik va avtonomlik tamoyillariga asoslanganini ta’kidladi. 20 yildan ortiq faoliyatdan so‘ng, Chery asosiy texnologiyalarga egalik qilmoqda, xavfsizlik standartlarini o‘rnatmoqda va global hamkorlar bilan hamkorlikda ochiq ekotizimni rivojlantirmoqda.
Gibrid texnologiyalar sohaning barqaror rivojlanishida muhim rol o‘ynamoqda va global o‘sishning asosiy drayveriga aylanmoqda.
Mukammal gibridlar “To‘rtta yuqori va bitta kuchli” global standartlarini talab qilmoqda
Chery keng ko‘lamli: benzinli, gibridli, elektrli va vodorodli kuch qurilmalarini ishlab chiqdi. CSH barcha domenli arxitektura va noyob tajribani taklif etmoqda: samaradorlik, unumdorlik, intellekt, xavfsizlik va o‘tuvchanlik. FIK 46,5 foiz bo‘lgan yangi gibrid dvigatel va FIK 93 foiz bo‘lgan transmissiya 2.X l/100 km sarfini ta’minlaydi. DHT230/280 ga ega kuchli 2.0TGDI 280 kVt va 24 000 ayl/daq gacha oshiradi. Intellektual tizimlar har bir safarni maqbullashtirish orqali harakat va energiyani boshqaradi. Xavfsizlik 10 ta himoya darajasi, 5 dona data-markazi va 800 xil diagnostika funksiyalari bilan ta’minlanadi. Yo‘lsiz hududlar uchun alohida kuch yechimlari mavjud. Shuningdek, FIK 48 foizdan yuqori bo‘lgan yangi avlod gibrid dvigateli ham taqdim etilgan.
Chery 2025-yilda 19 dona gibrid modellarni ishlab chiqaradi: jahon darajasidagi texnologiyalar
Chery CSH standartlariga tayangan holda premium darajadagi gibridlarni yaratishda davom etmoqda: ishonchli harakatlanish zaxirasi, xavfsizlik va harakat erkinligi.
2025-yilda 19 dona HEV, PHEV va REEV modellari chiqariladi. Chery xavfsizlik standartlarini qayta ko‘rib chiqib, o‘z avtomobillarini tabiiy sharoitlarda sinovdan o‘tkazmoqda.
20–23-aprel kunlari TIGGO 9 CSH va ARRIZO 8 CSH “Uch daralardan Shanxaygacha” bo‘lgan 1600 km dan ortiq masofani "Endless Horizon" doirasida bosib o‘tadi.
Auto Shanghai 2025 da CSH brendi rasman taqdim etiladi. U yerda Chery’ning texnologik yetakchilikka intilishini namoyish etadigan TIGGO 7/8/9 CSH modellari va AIMOGA innovatsion roboti taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Chery gibrid standartlar deklaratsiyasi va ochiq kodli tashabbusni taqdim etadi
Cho‘llardan tortib tropiklargacha – butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilarning ehtiyojlari tobora xilma-xil bo‘lib bormoqda. CATARC bilan birgalikda Chery global ssenariylar va innovatsion arxitekturaga asoslangan gibrid standartlarning global deklaratsiyasini taqdim etdi. Kompaniya hamkorlikka va gibrid texnologiyalarning umumiy ekotizimini rivojlantirishga chaqirmoqda. Bundan tashqari, Chery kompaniyasi ochiq platformalar, qo‘shma R&D va kadrlar tayyorlashni birlashtirgan sohadagi birinchi tizim – Open Source tashabbusini ishga tushirdi. Bu gibrid yechimlarning rivojlanishini tezlashtiradi va uzluksiz innovatsiyalarga yo‘l ochadi.
Core Hybrid ko‘rgazmasi mobillikning kelajagini namoyish etmoqda
Tadbirda texnologik vitrina taqdim etildi: supergibrid platformalar (yo‘ltanlamas, harakatlanish zaxirasi oshirilgan, elektr xususiyatli va boshqalar), ixtisoslashtirilgan dvigatellar va transmissiyalar. Shuningdek, istiqbolli vodorod qurilmalari ham ko‘rsatildi. CSH texnologiyalar to‘g‘risidagi tasavvurlarni o‘zgartirmoqda – o‘z ishlanmalaridan tortib ochiq tashabbuslargacha, Xitoy standartlaridan tortib jahon miqyosigacha.
2025-yil 20-apreldan boshlab "Cheksiz ufq" sinovi boshlanadi: Yanszi iqtisodiy tasmasi bo‘ylab 1600 km masofa CSH ning bardoshligini tekshirish va gibridlarning yangi davri ramziga aylanadi.
O‘zbekiston – Chery gibrid ekspansiyasi xaritasidagi muhim bozor
Chery uchun strategik muhim bozorlardan biri bo‘lgan O‘zbekiston ham mashhur brend modellarining gibrid turkumini ishga tushirishga tayyorlanmoqda. Yaqin kunlarda mamlakatda o‘zbekistonlik haydovchilarning ishonchini qozongan avtomobillarning gibrid qurilmali turlari paydo bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, 2024-yil yakunlariga ko‘ra, bir vaqtning o‘zida ikkita Chery modeli O‘zbekiston bozorida eng ko‘p sotilgan avtomobillar o‘ntaligiga kirdi, brendning o‘zi esa bozorda 4-raqamli brend hisoblanadi.
Chery Uzbekistan jamoasi 22–27-aprel kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Chery yangi modellari va texnologiyalari taqdimotida ishtirok etadi. Tadbirning barcha asosiy yangiliklari va taassurotlari brendning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida taqdim etiladi – O‘zbekistonda gibrid texnologiyalarning kelajagi haqida birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘lish uchun yangiliklarni kuzatib boring.
O‘zbekistondagi Chery avtomobil brendining rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan Chery avtomobillarining xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan cheryauto.uz saytida tanishish mumkin.
Chery Uzbekistan rasmiy sahifalari:
Doimiy aloqa telefoni: +998 71 276 55 55
Website: https://cheryauto.uz
Instagram: https://www.instagram.com/cheryuzbekistan/
Telegram: https://t.me/cheryuzbekistan
Telegram-bot: https://t.me/cheryuzbekistanbot
Facebook: https://www.facebook.com/CheryUzbekistan
YouTube: https://www.youtube.com/@cheryuzbekistan
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)