Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 22-aprelda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 28,56 so‘mga pastlab, 12 909,64 so‘m bo‘ldi;
- yevro 197,32 so‘mga ko‘tarilib, 14 908,05 so‘m bo‘ldi;
- rubl 0,24 so‘mga ko‘tarilib, 159,75 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar ketma-ket ikki kun pastlab, 12 938,20 so‘m bo‘lgandi.
Ba’zi iqtisodchilarning fikricha, mamlakatda valyuta kursi sun’iy ushlab turibdi. Agar kurs erkinlashsa 1 dollar 20 ming so‘mgacha ko‘tariladi. Markaziy bank esa bu qarashlar noto‘g‘ri ekanligini bildirgandi.
2025-yil oxirigacha kurs qanchaga yetadi? Yaqin kelajakda qanday iqtisodiy tebranishlarga tayyor turish kerak? Quyidagi havola orqali almashuv kurslari, ularga taʼsir etuvchi omillar va kutilmalar haqida o‘qish mumkin.
Izoh (0)