Daryo

“Tolibon”ning ayollarga qarshi siyosati Afg‘oniston iqtisodiyotiga yiliga 1 mlrd dollar zarar keltirmoqda — BMT

Afg‘on ayollarining 80 foizi ta’lim olish, ishlash va kasb-xunar ta’limidan mahrum etilgani qayd etildi.

1 daqiqa o‘qish15 746 ko‘rishlar0 izoh2

BMT Xavfsizlik kengashi Afg‘onistondagi ayollar va qizlarning ahvolini “ayanchli” deb baholadi. Kengash hisobotiga ko‘ra, “Tolibon” tomonidan joriy etilgan cheklovlar mamlakat iqtisodiyotiga har yili 1 milliard dollardan ortiq zarar keltirmoqda. Bu haqda Afghanistan International xabar berdi.

Hisobotda keltirilishicha, afg‘on ayollarining 80 foizi (o‘n nafardan sakkiz nafari) ta’lim olish, ishlash va kasb-hunar ta’limidan mahrum etilgan. Ayollar o‘rtasidagi ishsizlik darajasi erkaklarnikiga qaraganda sezilarli darajada yuqori bo‘lib, ular tibbiy xizmatlardan foydalanishda ham jiddiy to‘siqlarga duch kelmoqda. Shuningdek, iqtisodiy qiyinchiliklar sababli oilalar qizlarni erta va majburiy nikohga berishga majbur bo‘layotgani yuzasidan xavotirlar bildirildi.

2025-yilning mart oyida BMTning Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish missiyasi (UNAMA) Jahon banki ma’lumotlariga tayanib, ta’lim va ish borasidagi cheklovlar iqtisodiyotga yiliga 1,4 milliard dollar zarar keltirishi mumkinligini prognoz qilgan edi. UNAMAga ko‘ra, “Tolibon” tomonidan qonunlarning qat’iy ijro etilishi mamlakatdagi iqtisodiy inqirozni yanada chuqurlashtiradi.

Qo‘shimcha bosimlar: Qochqinlar va gumanitar inqiroz

Hisobotda Afg‘oniston iqtisodiyotiga bosim o‘tkazayotgan boshqa omillar ham sanab o‘tilgan. Xususan, Pokiston va Erondan afg‘on fuqarolarining majburiy qaytarilishi davlat xizmatlari va iqtisodiyotga qo‘shimcha yuk bo‘layotgani ta’kidlanadi.

“Tolibon” ayollarning gumanitar tashkilotlardagi rolini cheklagani sababli xalqaro hamjamiyatning vatanga qaytgan qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyati qisqargan.

Shu sababli Xalqaro jinoiy sud “Tolibon” yetakchilarini ayollar va qizlarni jinsi bo‘yicha tizimli ravishda ta’qib qilgani, ularni ta’lim va harakatlanish erkinligi kabi asosiy huquqlardan mahrum etgani uchun javobgarlikka tortgan.

Bundan tashqari, mamlakatda OAV erkinligi keskin cheklangani, ayniqsa, ayol jurnalistlar maqsadli ravishda tazyiqlar nishoniga aylanmoqda. Bundan oldin Afg‘onistonda umumiy ishsizlik darajasi 75 foizga yetgani haqida xabar berilgan edi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar