Daryo

“So‘nggi ikki yilda afg‘on ayollariga nisbatan zo‘ravonlik 40 foizga oshdi” — BMT

BMT yangi hisobot e’lon qildi. Unda Afg‘onistonda 14 milliondan ortiq ayol himoya va zudlik bilan yordamga muhtojligi qayd etildi.

1 daqiqa o‘qish5 210 ko‘rishlar0 izoh0

BMTning Afg‘onistondagi Missiyasi (UNAMA) va BMT Ayollar tashkiloti (UN Women) so‘nggi ikki yil ichida afg‘on ayollari va qizlariga nisbatan zo‘ravonlik xavfi 40 foizga o‘sganini qayd etdi. Bu haqda tashkilot hisobotiga tayanib, Afghanistan International xabar berdi.

Himoyaga muhtoj ayollar soni oshdi

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda 14 milliondan ortiq afg‘on ayoli himoya va zudlik bilan yordamga muhtoj. UNAMA Afg‘oniston ayollari o‘z huquqlariga tobora ko‘proq cheklovlar, jismoniy va ruhiy zarar hamda misli ko‘rilmagan zo‘ravonlik bilan yuzlashayotganini ta’kidlamoqda. Shu bilan birga ularni qo‘llab-quvvatlovchi tuzilmalar ham yo‘q bo‘lib bormoqda.

“Afg‘on ayollariga nisbatan zo‘ravonlik ularning ovozini o‘chirish, huquqlarini inkor etish va kelajakka olib boradigan eshiklarni yopishdir”, dedi UNAMA rahbari Jorjett Gagnon.​

U “Tolibon” rasmiylarini ayollarga nisbatan qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishga, xalqaro hamjamiyatni esa afg‘on ayollarini qo‘llab-quvvatlash uchun barcha muhim kanallarni ochiq tutishga chaqirmoqda.

Moliyalashtirishning keskin kamayishi

Bayonotda aytilishicha, yordamning keskin qisqarishi himoya xizmatlari, birlamchi ruhiy salomatlik yordami, yuridik maslahat, xavfsiz boshpana va ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish dasturlari kabi hayotiy muhim xizmatlarning to‘xtatilishiga yoki sezilarli darajada kamayishiga olib kelgan. Ikki tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, ayollar boshchiligidagi tashkilotlar bu yil o‘z mablag‘larining beshdan bir qismini yo‘qotgan, bu esa ularning yordam ko‘rsatish imkoniyatini cheklagan.

BMTning Afg‘onistondagi xotin-qizlar bo‘yicha vakili Syuzan Fergyusonning ogohlantirishicha, moliyalashtirishning qisqarishi va misli ko‘rilmagan cheklovlar ayollarga yo‘naltirilgan tashkilotlarning zaif ayollarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini keskin kamaytirmoqda.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar