• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.92
    • RUB155.96
    • EUR14630.36
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Shou-biznes

    “Yirik biznesning ko‘zga ko‘rinmas vintchasi bo‘lishni xohlamadim”. Labubu asoschisi qanday qilib Xitoyning eng yosh milliarderiga aylandi?

    Pop Mart o‘yinchoqlar do‘koni asoschisi va rahbari 38 yoshda. Uning boyligi olti oy ichida 12 barobardan ko‘proqqa oshib, 2025-yil iyul oyi boshiga kelib 22,3 milliard dollarga yetdi. Uning tez boyib ketishiga koronavirus, odamlarning o‘yinchoqlarga bo‘lgan ommaviy muhabbati, ayniqsa dunyo bo‘ylab g‘olibona yurishini davom ettirayotgan tishli va tabassum qiluvchi Labubu hamda omad yordam berdi. Biz sizga reklama fakultetining yosh bitiruvchisi qanday qilib yumshoq trollar va qo‘g‘irchoqlarni sotishni o‘ylab topgani, uning muvaffaqiyatiga amerikalik ayollar huquqi himoyachisi, yapon mayonezi va k-pop yulduzi qanday aloqador ekanligi haqida hikoya qilamiz.

    Ван Нин (Фото POP MART INTERNATIONAL GROUP)

    Van Nin 1987-yilda Xitoyning markaziy qismidagi Xenan viloyatida tug‘ilib, bolaligidanoq savdo sirlarini o‘rganishni boshlagan. Maktabdan so‘ng u ota-onasining do‘konida vaqt o‘tkazardi. Vanning aytishicha, ota-onasi turli-tuman narsalar — CD-disklar va videolardan tortib, qo‘l soatlari va baliq ovlash anjomlarigacha sotgan. 

    “Har kuni turfa xil xaridorlarni kuzatardim, shu tarzda tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishim bolaligimdan paydo bo‘lgan edi”, degan u 2020-yilda Pekin universitetining Guanxua boshqaruv institutiga bergan suhbatida.

    Van Ning o‘zining dastlabki pulini maktab imtihonlari va universitetga kirish oralig‘idagi yozgi ta’tilda futbol murabbiyi sifatida topgan. U o‘smirlik paytidanoq bu o‘yinga qiziqib qolgan, o‘zi guruh tuzib, ular bilan yaqin atrofdagi sport maydonida mashg‘ulotlar olib borgan.

    Why Labubu is the must-have toy of the year | Her World Singapore

    2005-yilda Van Ning Sias xususiy universitetining reklama yo‘nalishiga bakalavriatga kiradi. O‘qish paytida u suratga olish va videoga tushirish bilan shug‘ullanib, tayyor materiallarni musiqaga moslab montaj qilardi hamda roliklarni CD-disklarga yozardi. Vanning kursdoshlari ularga ham bir-ikkita nusxa tayyorlab berishini so‘rashadi. Tadbirkorlik qobiliyatini namoyon etib, u darhol o‘z mashg‘ulotini daromad manbaiga aylantirishga qaror qiladi va Days Studio nomli talabalar klub-studiyasini tashkil etadi. To‘g‘ri, internet va ijtimoiy tarmoqlar rivojlanishi hamda ommaviylashuvi tufayli bu biznes asta-sekin so‘nib boradi. Biroq studiyaning mashhurlik cho‘qqisida Sias universiteti talabalarining yarmidan ko‘pi Days Studio disklarini xarid qilishardi.

    2008-yilda bakalavr darajasini olgach, Van Ning Xenan viloyatidan Pekinga ko‘chib ketadi. U taxminan bir yil davomida ta’lim kompaniyasida metodist sifatida ishladi, so‘ngra Xitoyning mashhur mikroblog xizmati Sina Weibo’ga o‘tadi. Bu yerda Van Ning “ishning mazmuni” haqida o‘ylay boshladi va o‘z so‘zlariga ko‘ra, butun umr “yirik biznesning ko‘zga ko‘rinmas vintchasi” bo‘lib qolishni xohlashi yoki xohlamasligi haqida bosh qotira boshlaydi.

    The Hottest Keychains of 2024: Labubu, McDonald's Crocs, Wicked Starbucks &  More – Lldanduno

    2010-yil noyabr oyida 23 yoshli Van Nin Pekindagi EC Mall savdo markazida birinchi Pop Mart do‘konini ochdi. U bu g‘oyani Gonkongga qilgan safaridan so‘ng, LOG-ON savdo tarmog‘idan ilhomlanib yaratdi. LOG-ON’da turli maishiy buyumlar va aksessuarlar — mini ventilyatorlardan tortib, sumka va kosmetikagacha sotilardi. U yerdan o‘yinchoqlar ham o‘rin olgan edi. Van Pop Mart’ni ochish uchun 20 ming yuan (taxminan 3000 dollar) sarmoya kiritdi — bu pul uning o‘zi va do‘stlari tomonidan yig‘ilgan.

    Biroq Pop Mart’ning ilk faoliyati oson kechmadi. 2011-yilda sotuvlar pasaydi, kuchli raqobat va jamoaning tajribasizligi muammoga aylandi. Top menejerlarning barchasi, jumladan hozirgi bosh direktor va vitse-prezident Lyu Jan ham yaqinda o‘qishni bitirgan edi. Van o‘sha davrni eslab, “ko‘prik qurilishi tugasa, ishlarimiz yurishadi”, degan xomxayollar bilan o‘zlarini ovutishganini aytadi.

    2011-yil oxiriga kelib, Van biznes modelini tubdan o‘zgartirishga qaror qildi. U Tmall platformasida onlayn do‘kon ochdi va Pop Mart’ni texnologik kompaniya sifatida investorlar e’tiboriga havola eta boshladi. 2012-yilda ko‘plab rad javoblarini oldi — sarmoyadorlar uni tajribasiz, jamoasini esa zaif deb hisoblashdi. Ammo o‘sha yil avgustida taniqli “biznes farishta” May Gan Pop Mart’ga sarmoya kiritdi — bu esa kompaniyaning keyingi muvaffaqiyatlarining boshlanishi bo‘ldi.

    2012-yildan 2015-yilgacha Pop Mart asta-sekin ko‘proq sarmoyalarni, jumladan, May Ganning yordami bilan jalb eta boshladi. 2014-yilda Van Ning Xitoyning yetakchi biznes maktablaridan biri hisoblangan Pekin universitetining Guanxua boshqaruv instituti magistraturasiga o‘qishga kiradi. Pop Martning bir nechta yuqori boshqaruv xodimlari Guanxuani tamomlagan — kompaniya operatsion direktori Si De Vanning kursdoshi bo‘lgan, moliyaviy direktori Yan Jingbin esa u yerda bir yil oldin magistraturani tugatgan. Bundan tashqari, kompaniya direktorlar kengashining mustaqil a’zolari orasida menejment maktabi xodimlari — professor Chjan Szyanjun va o‘qituvchi U Lyanshen ham bor edi.

    4 things to know about Labubu, the popular Pop Mart figure with fans  including Blackpink's Lisa - CNA Lifestyle

    Bu kadrlar qo‘shilishining barchasi kompaniyadagi biznes qarorlariga ta’sir ko‘rsatdi va 2015-yilda Pop Mart o‘z asoschisini Forbes ro‘yxatiga olib kelgan hal qiluvchi qadamlardan birini qo‘ydi. Do‘konda Dreams kompaniyasining Sonny Angel o‘yinchoqlari sotila boshlandi. Van Ninning hisob-kitoblariga ko‘ra, u oyiga 60 000 ga yaqin o‘yinchoq yoki har 20 soniyada bittadan sotgan.

    Dastlab Labubu faqatgina Xitoyda ommalashdi. Koronavirusga qarshi cheklovlar asta-sekin yengillashtirilgach, o‘yinchoqlar savdosi o‘sishda davom etdi. Hatto Xitoydagi Ping An banki yangi mijozlarga hisob ochib, unga 50 ming yuan (qariyb 7 ming AQSh dollariga teng) kiritganda Labubu o‘yinchoqni sovg‘a sifatida taqdim etgan. Biroq bank nazorat organi ogohlantirish berdi va bu aksiya to‘xtatildi.

    Labubu atrofidagi xalqaro shov-shuv 2024-yilda, Blackpink guruhining tailandlik k-pop yulduzi Lisa Instagram profilida o‘yinchoq bilan suratini joylashtirganida boshlandi. Shundan beri turli yosh va shuhratdagi yulduzlarning qimmatbaho va juda qimmatbaho sumkalariga tishli troll shaklchalarini taqib olgan suratlari uzluksiz paydo bo‘lmoqda. Bu yilning iyun oyida qo‘shiqchi Riannaning Louis Vuitton sumkasida ham, shou-biznes afsonasi, 79 yoshli qo‘shiqchi va aktrisa Sherning sumkasida ham maxluq-brelok ko‘zga tashlandi. Kattalar tomonidan "bolalarcha" o‘yinchoqlar xarid qilinishining odatiy holga aylanishidan tashqari, bu shaklchalarning muvaffaqiyatida ularning arzonligi (Pop Martda ular taxminan 20-30 dollar turadi), kutilmaganlik unsuri va ayniqsa milleniallar va zumerlar orasidagi global noaniqlik tuyg‘usi tufayli keng tarqalgan nostalgiya muhim rol o‘ynamoqda.

    TAT and POP MART welcome LABUBU to explore Thailand - TAT Newsroom

    Hozirda Pop Mart kompaniyaning dizaynlari asosida ma’lum sifat standartlariga mos keladigan o‘yinchoqlar ishlab chiqaradigan 30 dan ortiq fabrika bilan hamkorlik qilmoqda. Har bir yangi to‘plamni yaratish jarayoni kamida sakkiz oy davom etadi — rassomlar va dizaynerlardan tayyor eskizlarni olishdan to qadoqlangan o‘yinchoqlarni sotishgacha. Biroq Van Ning faqat o‘yinchoqlar bilan cheklanib qolmagan — 2023-yil sentyabrida Pekinning Chaoyang tumanida Pop Land ko‘ngilochar bog‘i ochildi. Kompaniya, shuningdek, personajlarni jonlantirish uchun o‘z animatsiya studiyasini ishga tushirdi. 

    “Butun dunyo seni katta bo‘lishga shoshiradi, Pop Mart esa sekinroq ulg‘ayishingni istaydi”, deya ta’kidlaydi 38 yoshli milliarder Van Ning.

    14 iyul, 08:52   Izoh (0)   3847
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #PopMart#Labubu#milliarder

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Butun dunyo izidan quvayotgan 5 ta noyob Labubu: nega ular bu qadar qimmat?

    18 iyun, 17:59
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Kichik xonada istiqomat, saraton tashxisi va tarixiy rekord. Hamzat Chimayevning chempionlikka qadar bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li haqida

    19 avgust, 14:57

    Belgiya maktablarida telefondan foydalanish taqiqlanadi

    19 avgust, 11:31

    “Skibidi”, “delulu”: Kembrij lug‘atiga TikTok’da mashhur bo‘lgan o‘smirlar so‘zlari qo‘shildi

    19 avgust, 10:36

    Zelenskiy va Tramp uchrashuvida nimalar muhokama qilindi?

    19 avgust, 09:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Finlyandiyada deputat parlament binosida o‘z joniga qasd qildi

    Dunyo | 20 avgust, 00:29

    AQSH Ukrainada qo‘shin joylashtirmaydi — Oq uy

    Dunyo | 20 avgust, 00:03

    “Qo‘llari bilan uryapti deb o‘ylagandim”: Toshkentda xotinini salkam 20 marta pichoqlagan erkakka hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 19 avgust, 23:45

    O‘shda O‘zbekiston—Qirg‘iziston biznes forumi bo‘lib o‘tdi

    O‘zbekiston | 19 avgust, 23:35

    Makron Putinning Ukrainada “hozir tinchlikka erishishga tayyor ekanligiga” shubha bildirmoqda

    Dunyo | 19 avgust, 23:25

    Kolumbiyada yangi tug‘ilgan qizaloqqa ChatGPT sharafiga ism berildi

    Dunyo | 19 avgust, 23:15

    Tramp Ukrainadagi tinchlik uni jannatga yetaklashi mumkinligiga umid bildirmoqda

    Dunyo | 19 avgust, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.