• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Yo‘q deyishdan oldin taklifini ko‘raylik” — Aziz Abduhakimov Chorvoqdagi Sea Breeze loyihasi hujjatlari hali topshirilmaganini aytdi

    Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq suv ombori bo‘yida Sea Breeze Uzbekistan sayyohlik majmasi qurilishi kutilmoqda. Biroq loyiha hujjatlari hali hukumatga taqdim etilmagan. Bu haqda 23-iyul kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov maʼlum qildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

    Aziz Abduhakimovning aytishicha, loyiha to‘g‘risida norasmiy ravishda — og‘zaki aytilgan. Ammo zarur hujjatlar hozircha taqdim etilmagan.

    “Shuning uchun hujjatni olib kelishlarini iltimos qildik. Hujjat bo‘lgandan keyin o‘zimiz ham, Qurilish vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi va boshqa tegishli vazirlik hamda idoralar eʼtirozlari yoki takliflarini bildira oladi. Hali hujjat yo‘q, lekin bizlar “yo‘q bo‘lmasin” demoqdamiz. Oldin hujjat kelsin. Bir narsaga “yo‘q” deyishdan avval, u narsa paydo bo‘lishi kerak. Hali bizda taklif ham, hujjat ham yo‘q”, dedi vazir.

    Aziz Abduhakimov loyiha hujjatlari taqdim etilgach, majmua qurilishi masalasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishiga vaʼda berdi.

    “Menimcha, uni bekitib, kechasi shunday qo‘l qo‘yib, chiqarib yuboradigan odam yo‘q respublikada”, dedi vazirlik rasmiysi.
    Aziz Abduhakimov
    Aziz Abduhakimov
    Foto: “Daryo”

    Vazir so‘zlariga ko‘ra, developer o‘z-o‘zidan kelib, Chorvoqda qurilish qilmoqchi bo‘lmagan, balki tadbirkor tajribali ekani sabab O‘zbekiston tomoni uni mamlakatga taklif qilgan.

    “Uning minglab takliflari bor. Hozir mana kim eshitgan bo‘lsa, Qirg‘iziston ham chaqiryapti, Qozog‘iston ham. Turkiyada juda katta loyihalarni amalga oshiryapti. Yana Chernogoriyaga borib loyiha qilaman, deyapti. Shuning uchun men aytmoqchi bo‘lganim, bizlar yo‘q deyishdan oldin taklifini bir ko‘raylik. Oldin taklifini bersin, ko‘raylik o‘zi nima taklif qilayotganini. Hali ko‘rmasdan yo‘q deyishimiz, menimcha, aqlga to‘g‘ri kelmaydigan narsa”, degan Aziz Abduhakimov.
    Chorvoq suv ombori
    Chorvoq suv ombori
    Foto: “Daryo”

    Maʼlumot uchun, joriy yil 14-aprelda prezident Shavkat Mirziyoyevga Sea Breeze Uzbekistan xalqaro turizm markazi master-rejasi taqdim qilingan. Umumiy qiymati 10 mlrd dollarlik loyiha Chorvoq suv ombori bo‘yida, ozarbayjonlik tadbirkor Emin Agalarov tomonidan amalga oshirilishi maʼlum. Majmua ko‘prik, xiyobon, plyaj, mehmonxonalar, kottejlar, uylar, restoran va tomoshagohlarni qamrab olishi anons qilingan. Davlat rahbari majmuani zarur infratuzilma bilan taʼminlash bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.

    Chorvoq suv ombori
    Chorvoq suv ombori
    Foto: “Daryo”

    Loyiha Chorvoqning 577 gektar yer maydonini egallashi ko‘zda tutilgan. Dastlabki bosqichda 100 gektar hudud qamrab olinadi. 

    Chorvoq suv ombori Toshkent shahri va atrofdagi hududlar uchun asosiy chuchuk suv manbai hisoblanadi. Shu sabab uning sohilida quriladigan majmua loyihasi ijtimoiy tarmoqlarda faollar noroziligiga sabab bo‘ldi. Xususan, qurilish ishlari sababli ichimlik suvi ifloslanib, uning sathi keskin tushib ketishidan xavotir bildirildi. Qolaversa, hududdagi daraxtlar kesilib, yashillikka putur yetishi, odamlar suv sohiliga kirishiga cheklovlar kiritilishi mumkinligi ham etirozlar uyg‘otgan.

    23 iyul, 20:35   Izoh (0)   2416
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Levandovski kelajagi borasida gapirdi

    Sport | 27 iyul, 15:25

    Islom Maxachev navbatdagi jangi sanasini e’lon qildi

    Sport | 27 iyul, 15:18

    Buyuk Britaniya G‘azoga gumanitar yordam yuboradi

    Dunyo | 27 iyul, 14:40

    “An-Nassr” Feliksni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi

    Sport | 27 iyul, 14:00

    Oliy ta’limni bitirganlar nega og‘ir ahvolda qolmoqda? O‘zi diplom kerakmi?

    O‘zbekiston | 27 iyul, 13:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.