• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

    Central Asian University (CAU) o‘tgan bir yil davomida o‘zining akademik va boshqaruv salohiyatini sezilarli darajada rivojlantirdi. Buni ikki muhim yutuq tasdiqlaydi: universitet nufuzli Round University Ranking (RUR) 2025 reytingi bo‘yicha dunyoning eng yaxshi oliy taʼlim muassasalari ro‘yxatidan o‘rin egalladi hamda universitetlarning BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishdagi hissasini baholovchi Times Higher Education Impact Rankings 2025 reytingida ilk bor ishtirok etdi.

    Round University Ranking 2025 yutuqlari

    2025-yil iyun oyida 2010-yildan beri o‘tkazilib kelinayotgan va 100 dan ortiq mamlakatni qamrab olgan nufuzli global universitet reytinglaridan biri —Round University Ranking (RUR)ning yangi natijalar e’lon qilindi. Ushbu reyting universitetlar faoliyatini to‘rtta asosiy sohaga bo‘lingan 20 ta ko‘rsatkich bo‘yicha tahlil qiladi:

    • o‘qitish sifati,
    • ilmiy-tadqiqot faoliyati,
    • xalqaro hamkorlik (International Diversity),
    • moliyaviy barqarorlik (Financial Sustainability).

    Baholash natijalariga ko‘ra, Central Asian University ilk bor dunyoning top-1000 ta eng yaxshi universitetlari qatoriga kirib, umumjahon reytingida 975-o‘rinni egalladi. Alohida yo‘nalishlar bo‘yicha universitet quyidagi natijalarni ko‘rsatdi:

    • o‘qitish sifati ko‘rsatkichi bo‘yicha 936-o‘rin;
    • xalqaro faollik toifasida 669-o‘rin, bu xorijiy universitetlar bilan keng hamkorlikni, xorijiy o‘qituvchilar va talabalarning mavjudligini, shuningdek, xalqaro akademik almashinuv dasturlarida faol ishtirok etishni anglatadi.

    Bundan tashqari, universitet "Xalqaro xilma-xillik" mezoni bo‘yicha O‘zbekistonda 1-o‘rinni egallab, xalqarolashuv darajasi bo‘yicha mamlakatning boshqa oliy o‘quv yurtlaridan oldinga chiqib oldi. Moliyaviy barqarorlik reytingida CAU dunyoda 257-o‘rinni egallab, "Kumush liga"dan o‘rin oldi. Reytingning bu segmenti universitetlarning uzoq muddatli ishonchliligini baholashda ayniqsa muhimdir: kampusni rivojlantirishga sarmoyalar, ta’lim dasturlarini qo‘llab-quvvatlash uchun daromad yaratish qobiliyati, shuningdek, barqaror va "yashil" rivojlanish yo‘nalishidagi sa’y-harakatlar hisobga olinadi..

    Shunday qilib, Round University Ranking 2025 natijalari CAU akademik standartlarni izchil oshirayotgani, ilmiy-tadqiqot infratuzilmasini rivojlantirayotgani va barqaror boshqaruv modelini shakllantirayotganidan dalolat beradi.

    THE Impact Rankings 2025 dagi ilk ishtirok

    Central  Asian Universityʼning Times Higher Education Impact Rankings 2025 dagi birinchi ishtiroki ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi — bu universitetlarni nafaqat akademik ko‘rsatkichlar bo‘yicha, balki BMT tomonidan tasdiqlangan Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishishga qo‘shgan hissasi bo‘yicha ham baholaydigan kam sonli jahon reytinglaridan biridir.

    2025-yilda ushbu reytingda 130 mamlakatdan 2500 dan ortiq universitet ishtirok etdi. Reyting universitetlarning sifatli ta’limni ta’minlash, munosib mehnat va iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash, barqaror shaharlarni rivojlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va adolatli institutlarni shakllantirish kabi yo‘nalishlardagi hissasini baholaydi.

    Central Asian University umumiy hisobda 1501+ toifasida ilk bor ishtirok etdi va bir qator asosiy Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarni taqdim etdi:

    • SDG 6 (Toza suv va sanitariya) - 601+ toifasi;
    • SDG 8 (Munosib mehnat va iqtisodiy o‘sish) - 1001+ toifasi;
    • SDG 4 (Sifatli ta’lim) - 1501+ toifasi;
    • shuningdek, SDG 7, 10, 11, 12, 16 (toza energiya, tengsizlikni qisqartirish, barqaror shaharlar va jamoalar, mas’uliyatli iste’mol va ishlab chiqarish, tinchlik va adolat) - barchasi 801+ oralig‘ida.

    Reyting natijalari iyun oyida Istanbulda bo‘lib o‘tgan Global Barqaror Rivojlanish Kongressi 2025 doirasida e’lon qilindi. Unda barqaror rivojlanish bo‘yicha global yondashuvlar va universitetlarning ekologik va ijtimoiy mas’uliyatli kelajakni shakllantirishdagi roli muhokama qilindi.

    Universitetlar bu turdagi reytinglarda nima uchun ishtirok etadilar?

    Ikkala reyting ham xalqaro miqyosda e’tirof etilishga intilayotgan universitetlar uchun muhim vosita hisoblanadi.

    • RUR universitetning o‘qitish sifati, ilmiy tadqiqotlari va global ishtiroki bo‘yicha jahon yetakchilari orasidagi o‘rnini baholash imkonini beradi, shuningdek, investorlar, hamkorlar va talabalar uchun yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi.
    • THE Impact Rankings esa o‘z navbatida, universitetlarning ijtimoiy va ekologik hissasiga e’tibor qaratib, ularning insoniyat oldida turgan global muammolarni hal etishga qanchalik yordam berayotganini namoyish etadi.

    CAU uchun ushbu reytinglardagi ishtirok va yutuqlar universitetning ta’lim va tadqiqot faoliyatini xalqaro standartlarga muvofiq yo‘lga qo‘yayotgani, ESG tamoyillarini (ekologik, ijtimoiy va boshqaruv amaliyotlarini) faol joriy etayotgani hamda barqaror rivojlanishning global kun tartibini amalga oshirishga hissa qo‘shayotganining muhim ko‘rsatkichidir.

    Central Asian University rektori Kamran Gulamov reytinglardagi yutuqlarni sharhlab, ular universitet uchun shunchaki rasmiy ko‘rsatkichlar emasligini ta’kidladi: "Bu bizning yangi turdagi — dunyoga ochiq, ta’lim, ilmiy ish va boshqaruvda ilg‘or yondashuvlarga yo‘naltirilgan universitet qurish strategiyamizning tasdig‘idir. Biz nafaqat akademik hamjamiyatni rivojlantirish, balki butun mintaqaning barqaror kelajagiga hissa qo‘shishdek muhim vazifani zimmamizga olganmiz."

    Bunday natijalar Central Asian University Markaziy Osiyo oliy o‘quv yurtlari orasida salmoqli o‘rin egallab, ishonchli va zamonaviy universitet sifatidagi obro‘sini shakllantirayotganidan dalolat beradi. O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi uchun bu, shuningdek, milliy oliy o‘quv yurtlarining jahon akademik xaritasidagi o‘rni va global tashabbuslarga qo‘shilishining tobora ortib borayotganini ko‘rsatuvchi omildir.

    9 iyul, 16:30   Izoh (0)   1239
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevropa Ittifoqi bitta davlat sababli Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni kelisha olmadi

    Dunyo | 16 iyul, 09:53

    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi

    Reklama | 16 iyul, 09:00

    Eyfel minorasi ustidagi dronlar va mushakbozlik shousi kadrlari internetni zabt etdi (video)

    Layfstayl | 16 iyul, 09:44

    “Real Madrid” Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini har ikki yilda o‘tkazishni taklif qildi

    Sport | 16 iyul, 09:29

    Qashqadaryoda ikki ayol daryoda cho‘kib halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 16 iyul, 09:25

    Isroil druzlarni “himoya qilish” uchun Suriya armiyasiga hujum qildi (video)

    Dunyo | 16 iyul, 09:16

    Putin o‘z shartlari bajarilmaguncha urushni davom ettiradi — Kreml manbalari

    Dunyo | 16 iyul, 09:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.