Daryo

“O‘zim ham bu pulni to‘lamagan bo‘lardim” — Donald Tramp JCH—2026 chiptalari narxi haqida

AQSH prezidenti Donald Tramp 2026-yilgi Jahon chempionati o‘yinlariga belgilangan chiptalar narxi borasida o‘z fikrini bildirdi. Xususan, AQSH va Paragvay terma jamoalari o‘rtasidagi bahsni tomosha qilish uchun kamida 1000 dollar sarflash kerakligi prezidentning hayratiga sabab bo‘ldi.

1 daqiqa o‘qish6 669 ko‘rishlar0 izoh4

AQSH prezidenti Donald Tramp 2026-yilgi Jahon chempionati o‘yinlariga belgilangan chiptalar narxi borasida o‘z fikrini bildirdi. Xususan, AQSH va Paragvay terma jamoalari o‘rtasidagi bahsni tomosha qilish uchun kamida 1000 dollar sarflash kerakligi prezidentning hayratiga sabab bo‘ldi.

Narxlardan xabar topgan Tramp oddiy muxlislar uchun bu og‘irlik qilishini ta’kidladi:

“Men bu raqamlarni bilmagan edim. Albatta, u yerda bo‘lishni xohlardim, lekin rostini aytsam, o‘zim ham chipta uchun 1000 dollar to‘lamagan bo‘lardim. Kvins, Bruklin va Donald Trampni yaxshi ko‘radigan barcha insonlar bu o‘yinlarga bora olmasa, bundan juda xafa bo‘laman. Men uchun ovoz bergan odamlar ham o‘yinga tushishini istardim”, dedi AQSH prezidenti.

Narxlar yuqori bo‘lishiga qaramay, Tramp musobaqaning tijoriy jihatdan ulkan muvaffaqiyatga erishayotganini e’tirof etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda barcha mumkin bo‘lgan rekordlar yangilanmoqda va avval hech qachon bunday darajadagi qiziqish kuzatilmagan.

Jahon chempionatiga bo‘lgan talab shunchalik yuqoriki, qayta sotuv bozorida chiptalar 2 million dollarga baholandi. Ushbu holat hatto FIFA prezidenti Janni Infantinoning ham e’tiboridan chetda qolmadi. Infantino hazil tariqasida bunday qimmat chiptani sotib olgan muxlisga “kola va xot-dog”ni shaxsan o‘zi yetkazib berishini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, JCH—2026 musobaqasi AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida bo‘lib o‘tadi va unda 48 ta jamoa ishtirok etadigan ilk yirik turnirga aylanadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar