Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 8-iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 3,67 so‘mga ko‘tarilib, 12 603,72 so‘m bo‘ldi. Yevro 40,52 so‘mga oshib, 13 646,05 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,04 so‘mga ko‘tarilib, 143,21 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket ikki kun ko‘tarilib, yana 12 600 so‘mdan oshgandi. Yevro ham oshib, rubl pastlagandi.
Izoh (0)