Myunxenning “Bavariya” jamoasi Maykl Olise transferini e’lon qildi.
“Kristal Pelas” yarim himoyachisi myunxenliklar bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Olisening yangi jamoasi bilan bitimi 2029-yilning iyuniga qadar davom etadi.
Futbolchining transfer qiymati 60 million yevroni tashkil etdi.
Olise 2023/24-yilgi mavsum APLda 19 ta o‘yinda ishtirok etib, 10 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Izoh (0)