Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 10-iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 11,77 so‘mga ko‘tarilib, 12 630,03 so‘m bo‘ldi. Yevro 6,19 so‘mga pastlab, 13 669,48 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,59 so‘mga oshib, 144,49 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket to‘rt kun ko‘tarilib, 12 618,26 so‘m bo‘lgandi. Yevro ham oshib, rubl pastlagandi.
Izoh (0)