Daryo

Abduqodir Husanovning “Portu”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

O‘zbekistonlik himoyachi Yevropa Chempionlar Ligasining 1-turidan o‘rin olgan “Portu” — “Manchester Siti” uchrashuvining ikkinchi bo‘limida zaxiradan maydonga tushdi.

1 daqiqa o‘qish18 649 ko‘rishlar0 izoh0

Yevropa Chempionlar Ligasining 1-turidan o‘rin olgan “Portu” va “Manchester Siti” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. Bahsda “shaharliklar” 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu uchrashuvda O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov zaxiradan maydonga tushib, ikkinchi bo‘limni to‘liq o‘tkazdi.

Husanov 48-daqiqada Yoshko Gvardiolning o‘rniga maydonga tushdi. Himoyachi jami 27 marta to‘p bilan muomala qildi. U 22 ta uzatmaning 20 tasini aniq amalga oshirdi (91 foiz aniqlik). Sofascore portali Abduqodirning harakatlarini 6,8 ball bilan baholadi.

Abduqodir Husanovning himoyadagi ko‘rsatkichlari:

  • Himoyaviy harakatlar: 2 ta;
  • Raqib hujumini bartaraf etish: 1 marta;
  • To‘pni egallab olish: 1 marta;
  • Yerdagi kurashlar: 1 ta.
Foto: Sofascore
Foto: Sofascore​

Garchi ikkita gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsa-da, “Portu” darvozaboni Diogu Koshta uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi — 9,5 ball. Dubl muallifiga aylangan Erling Holandning harakatlari esa 8,2 ballga loyiq ko‘rildi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar