Daryo

YCHL. Abduqodir Husanov zaxiradan maydonga tushgan bahsda “Manchester Siti” muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi (video)

UEFA Chempionlar Ligasining 1-turidan o‘rin olgan “Portu” hamda “Manchester Siti” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi.

1 daqiqa o‘qish6 884 ko‘rishlar0 izoh0

UEFA Chempionlar Ligasining 1-turidan o‘rin olgan “Portu” hamda “Manchester Siti” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. “Dragau” stadionida kechgan bahsda “shaharliklar” 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yindagi hisob ikkinchi bo‘lim boshida, aniqrog‘i 47-daqiqada mehmonlar a’zosi Erling Holand tomonidan ochildi. Uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan 90+1-daqiqada esa Holand dublni rasmiylashtirib, yakuniy hisobni o‘rnatdi. Ushbu g‘alaba evaziga Enso Mareska shogirdlari o‘z hisobiga dastlabki 3 ochkoni yozdirib qo‘ydi.

E’tiborli tomoni, ushbu bahsda O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov “Manchester Siti” tarkibida maydonga tushdi. Futbolchi ikkinchi bo‘limning 48-daqiqasida Yoshko Gvardiol o‘rniga zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, uchrashuv oxiriga qadar harakat qildi.

UEFA Chempionlar Ligasi, 1-tur

“Portu” — “Manchester Siti” 0:2
Gollar:
0:1 — Holand (47), 0:2 — Holand (90+1)

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar