Daryo

Vengriya Oliy sudi sobiq raisi prezidentlikka nomzodini qoʻydi

73 yoshli Andrash Bakaning nomzodini hukmron “Tisa” partiyasi ilgari surdi. U Viktor Orban davrida sudyalar pensiya yoshini pasaytirishga qarshi boʻlgani uchun ishdan olingandi.

1 daqiqa o‘qish2 116 ko‘rishlar0 izoh0

Vengriyaning “Tisa” partiyasi 8-avgust kuni Oliy sudning sobiq raisi Andrash Baka nomzodini prezidentlikka ilgari surdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

73 yoshli Baka 2012-yilda Viktor Orban hukumati davrida sudyalarning pensiya yoshini 70 yoshdan 62 yoshgacha pasaytirishga qarshi chiqqani uchun lavozimidan bo‘shatilgandi. Oʻshanda u bu qarorni amalda sud tizimini “tozalash” deb atagan. Yevropa Ittifoqi va AQSH esa sudyalar uchun pensiya yoshini pasaytirish qonunga zid ekanini taʼkidlagan. 2016-yilda Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi Baka foydasiga qaror chiqargandi.

Baka nomzodi

Vengriya bosh vaziri Peter Madyarning aytishicha, fraksiya vakillari Bakaga o‘z qarorlarini ma’lum qilgan, unga prezidentlikka nomzodini qo‘yish taklif etilgan.

“Baka taklifni millatga xizmat qilish istagi bilan qabul qildi. U venger xalqining birligi hamda demokratik, Yevropa Vengriyasi farovonligi yo‘lida ishlashga tayyor”, dedi Madyar.

Avvalroq u Vengriyaning shaxmat afsonasi Yudit Polgarga prezident bo‘lishni taklif qilgan, biroq rad javobini olgandi. Shundan so‘ng “Tisa” deputatlari yana o‘n nafar nomzoddan iborat ro‘yxat tuzgan. Natijada Baka yashirin ovoz berish yo‘li bilan tanlangan.

Prezident o‘zgarishi

Vengriyaning avvalgi prezidenti Tamash Shuyok 19-iyul kuni konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritib, vakolatlarini muddatidan oldin tugatgandi. U parlamentning Konstitutsiyani oʻzgartirish qaroriga qo‘shilmasligini ochiq aytgan bo‘lsa-da, tuzatishni o‘zi imzoladi. Shuyok buni konstitutsiya va qonunga rioya qilish masʼuliyati bilan izohlagan. Vengriya parlamenti 11-avgust kuni yangi prezidentni tayinlashi kutilmoqda.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar