Daryo

Vengriya uchta davlat fuqarolariga ishchi viza berishni to‘xtatdi

Hukumat xorijlik ishchilar uchun bandlik imkoniyatlarini qisqartirmoqda. Bunga xorijliklar mahalliy aholi ish haqini tushirib yuborayotgani haqidagi xavotirlar sabab bo‘ldi.

1 daqiqa o‘qish35 168 ko‘rishlar0 izoh18

Vengriya hukumati 5-iyun kunidan boshlab Filippin, Gruziya va Armaniston fuqarolariga ishchi vizalari berishni to‘xtatdi. Bu haqda hukumat matbuot kotibi ma’lum qildi. Unga ko‘ra, bu xorijlik ishchilar oqimini tartibga solishning birinchi bosqichidir.

Bosh vazir Peter Madyar yetakchiligidagi Tisa partiyasi 12-apreldagi saylovda mutlaq g‘alaba qozondi. Bu bilan o‘ng qanot yetakchisi Viktor Orbanning 16 yillik boshqaruvi yakunlandi. Yangi hukumat iyun oyidan boshlab Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan davlatlar fuqarolariga viza berishni to‘xtatishini e’lon qilgan edi.

Hukumat xorijlik ishchilar uchun bandlik imkoniyatlarini qisqartirmoqda. Bunga xorijliklar mahalliy aholining ish haqini tushirib yuborayotgani haqidagi xavotirlar sabab bo‘lgan.

Rasmiy statistikaga ko‘ra, xorijlik ishchilar Vengriya ishchi kuchining atigi 2 foizini tashkil qiladi. Biroq xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish kabi ba’zi sohalar xorijlik ishchilarga juda qattiq tayanib qolgan.

Yangi tartib va cheklovlar

Hukumat 5-iyun kunidan boshlab maxsus qarorga o‘zgartirish kiritadi. Ushbu qaror rekruting (ishga joylashtirish) kompaniyalariga Filippin, Gruziya va Armanistondan soddalashtirilgan tartibda ishchi olib kelish huquqini bergan edi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, mamlakatda bo‘lib turgan amaldagi ishchilar vizasini uzaytirish uchun ariza topshirishi mumkin. Avvalroq topshirilgan arizalar esa ko‘rib chiqiladi.

Hukumat bu islohotlarni uzoq muddatli yechim yo‘lidagi birinchi qadam deb atamoqda. Biroq Vengriyaning ba’zi yirik xorijiy investorlari bundan xavotirda. Ularning fikricha, xorijlik ishchilar oqimining butunlay to‘xtatilishi kompaniyalarga va umumiy iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar