Daryo

Eron AQSHning F-15 qiruvchisini yo‘q qildi va Amazon data-markaziga zarba berdi

Iordaniya va Bahrayndagi obyektlar nishonga olindi. Eron buni “Darxovin” atom elektr stansiyasiga qilingan hujumga javob deb atadi.

1 daqiqa o‘qish10 806 ko‘rishlar0 izoh21

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) AQSHning Iordaniyadagi harbiy bazasi va Bahrayndagi Amazon data-markaziga hujum qildi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

IIQK ma’lumotlariga ko‘ra, hujumlar qanotli raketalar yordamida amalga oshirilgan. Bahrayn Eronning bir nechta raketalarini tutib olgan, biroq hujum borasida boshqa izoh bermagan. Eron tomoni Iordaniyadagi harbiy bazaga hujum natijasida angarda turgan F-15 qiruvchi samolyoti yo‘q qilinganini ta’kidladi. Shuningdek, IIQK havo hujumidan mudofaa tizimining radariga zarba berganini aytdi.

Mazkur hujumlar AQSHning yaqinda “Darxovin” atom elektr stansiyasiga uyushtirgan zarbalariga javoban amalga oshirilgan. Eron ushbu AES qurilish bosqichida ekanini va harbiy obyekt emasligini ta’kidlagan.

AQSH va Eron iyul oyi boshida jangovar harakatlarni qayta tikladi. Amerika harbiylari Eron infratuzilmasiga hujum qilmoqda, Tehron esa AQSHning Yaqin Sharqdagi bazalariga zarba bermoqda. Mintaqaviy vositachilar AQSH va Eronga 10 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishni taklif qilgan. Hozirda prezident Donald Trampning ma’muriyati bu taklifni o‘rganmoqda va Isroilni diplomatiga to‘siq bo‘ladigan qadamlardan tiyilishga chaqirgan.

Eron raketalari nishonlarga zarba berishda AQSHning havo hujumidan mudofaa tizimlarini chetlab o‘tmoqda. Xususan, Tehron hujum paytida yuqori tezlikda uchadigan va yerga yaqinlashganda manyovr qilish xususiyatiga ega raketalardan foydalanmoqda.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar