Daryo

Messining JCH—2026 eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lish ehtimoli 88 foizga baholanmoqda — Polymarket

Argentinalik hujumchining turnirdagi eng asosiy individual sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyati yarimfinal uchrashuvidan so‘ng birdaniga 76 foizga ko‘tarilib ketgan

1 daqiqa o‘qish3 003 ko‘rishlar0 izoh4

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messining 2026-yilgi Jahon chempionati eng yaxshi futbolchisi deb topilish ehtimoli 88 foizni tashkil etmoqda. Bu haqda Polymarket platformasining yarimfinaldan keyin yangilangan reytingida ma’lum qilindi.

Platforma ma’lumotlariga ko‘ra, argentinalik hujumchining turnirdagi eng asosiy individual sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyati yarimfinal uchrashuvidan so‘ng birdaniga 76 foizga ko‘tarilib ketgan. Reytingda ikkinchi pog‘onani esa 9 foizlik ko‘rsatkich bilan Ispaniya terma jamoasi yarimhimoyachisi Rodri band etib turibdi.

Polymarket talqini bo‘yicha JCH—2026 da yilning eng yaxshi o‘yinchisi bo'lish ehtimoli yuqori bo‘lgan futbolchilar oltiligi quyidagicha ko‘rinish olgan:

  1. Lionel Messi (Argentina) — 88% (+76%);
  2. Rodri (Ispaniya) — 9% (-2%);
  3. Lamin Yamal (Ispaniya) — 2% (-16%);
  4. Kilian Mbappe (Fransiya) — 1% (-13%);
  5. Jud Bellingem (Angliya) — 1%;
  6. Harri Keyn (Angliya) — 1 foizdan kam.

Eslatib o‘tamiz, hal qiluvchi finalda Argentina Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Mazkur uchrashuv 19-iyuldan 20-iyulga o‘tar kechasi, O‘zbekiston vaqti bilan roppa-rosa 00:00 da start oladi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar