Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Jahon chempionatlari tarixida uch marta finalga qadar yetib borgan oltinchi futbolchiga aylandi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Argentinaliklar JCH-2026 yarimfinalida Angliya ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Ushbu uchrashuvda Messi ikkita golli uzatmani amalga oshirdi va o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Qayd etish joizki, Messi bundan avval JCH—2022 dagi finalda Fransiyaga (3:3, penaltilar seriyasida 4:2) hamda JCH-2014 hal qiluvchi bahsida Germaniyaga (0:1) qarshi maydonga tushgan edi.
Bungacha mundial finallarida uch marta qatnashish braziliyaliklar — Kafu, Pele va Ronaldu, shuningdek, germaniyalik Pyer Littbarski va Lotar Matteusga nasib qilgan. Ammo ularning orasida faqatgina Kafu barcha uchta finalda bevosita maydonga tushgan (Pele, Ronaldu, Littbarski va Matteus qaysidir finalni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazib yuborgan).
Ma’lumot uchun, JCH-2026 finalida Argentina Ispaniya terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi. Hal qiluvchi bahs 19-iyul kuni AQSHning Nyu-Jersi shahridagi stadionda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20-iyulga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.








