Daryo

FIFA va UEFA Rossiya milliy jamoasini xalqaro musobaqalarga qaytarmoqchi emas

Ko‘plab mamlakatlar vakillarining Rossiya jamoalari ishtirokidagi o‘yinlarni boykot qilish ehtimoli yuqori ekani bunga asosiy sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

1 daqiqa o‘qish4 275 ko‘rishlar0 izoh3

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) va Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Rossiya milliy jamoasi hamda rus klublarining xalqaro turnirlarda ishtirok etishiga ruxsat berishni rejalashtirmayapti. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bergan.

Manbaga ko‘ra, ko‘plab mamlakatlar vakillarining Rossiya jamoalari ishtirokidagi o‘yinlarni boykot qilish ehtimoli yuqori ekani bunga asosiy sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Shu bois har ikkala futbol tashkiloti ham hozircha taqiqni bekor qilmaslikka qaror qilgan.

Qayd etilishicha, ushbu qat’iy pozitsiya avval qabul qilingan qarorlarning mantiqiy davomi hisoblanadi. Xususan, Rossiya klublari 2026/2027-yilgi mavsumda ham yevrokuboklarda — Chempionlar Ligasi, Yevropa Ligasi va Konferensiyalar Ligasida ishtirok etish uchun hech qanday kvotaga ega bo‘lmadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Rossiya Olimpiya qo‘mitasining 2023-yil 12-oktyabrdan beri amalda bo‘lgan diskvalifikatsiyasini vaqtinchalik bekor qilgan edi. Ushbu voqeadan so‘ng, futbol jamoatchiligi orasida FIFA va UEFA ham tez orada rossiyaliklarga nisbatan cheklovlarni olib tashlashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar