Daryo

“Real” YCHLdagi mag‘lubiyatida UEFAning “qo‘li” borligidan shubhalanmoqda

Madridning “Real” klubi Chempionlar Ligasi chorak finali javob uchrashuvida “Bavariya”dan uchralgan mag‘lubiyat (3:4) va hakamlik qarorlari ortida UEFA turgan bo‘lishi mumkinligini istisno qilmayapti.

1 daqiqa o‘qish3 696 ko‘rishlar0 izoh2

Madridning “Real” klubi Chempionlar Ligasi chorak finali javob uchrashuvida “Bavariya”dan uchralgan mag‘lubiyat (3:4) va hakamlik qarorlari ortida UEFA turgan bo‘lishi mumkinligini istisno qilmayapti. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Uchrashuvning 86-daqiqasida madridliklar futbolchisi Eduardo Kamavinga zaxiradan maydonga tushganidan 25 daqiqa o‘tib, ikkinchi sariq kartochka bilan maydondan chetlatildi. Jamoa bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa o‘yindan so‘ng hakamning bu qarorini keskin tanqid qildi:

“Hakam Kamavingaga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatmasligi kerak edi. Nazarimda, referi hattoki futbolchida birinchi kartochka borligini ham bilmaydigandek tuyuldi”, deydi murabbiy.

Klub mutasaddilari hakamlikdagi bunday tushunarsiz qarorlarni UEFAning Superliga loyihasi uchun Madrid klubidan olayotgan o‘ziga xos “qasosi” yoki yashirin bosimi sifatida ko‘rmoqda. Shuningdek, jamoa vakillari uchrashuv bosh hakami Slavko Vinchi va UEFA prezidenti Aleksander Cheferin o‘rtasidagi bog‘liqlikka (ikkalasi ham Sloveniya fuqarosi) alohida urg‘u bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Real” uzoq vaqt davomida Superliga g‘oyasidan voz kechmagan va bu yo‘lda UEFA hamda FIFA bilan sudlashib kelgan edi. 2024-yil may oyida Madrid sudi UEFAning bozordagi ustunligini suiiste’mol qilganini tasdiqlagan. 2025-yil oktyabrida esa “Real” UEFA va La Ligadan 4,5 milliard yevro miqdorida tovon puli talab qilish huquqini qo‘lga kiritgan edi.

Qizig‘i shundaki, 2025-yil 11-fevralda “qirollik klubi” UEFA bilan kelishuvga erishganini va Superligadan chiqqan so‘nggi jamoa bo‘lganini e’lon qilgan edi. Shunga qaramay, YCHLdagi so‘nggi hakamlik qarorlari klub va tashkilot o‘rtasidagi “yarashuv” hali to‘liq amalga oshmaganidan dalolat bermoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar