Daryo

AQSH va Eron o‘rtasidagi navbatdagi muzokaralar 11-iyul kuni o‘tishi mumkin — manba

Muzokaralar Pokiston poytaxti Islomobod yoki Shveysariyaning Byurgenshtok shahrida bo‘lishi kutilmoqda.

1 daqiqa o‘qish4 294 ko‘rishlar0 izoh4

AQSH va Eron o‘rtasidagi navbatdagi muzokaralar Pokiston poytaxti Islomobod yoki Shveysariyaning Byurgenshtok shahrida o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda Pokistonning Dawn nashri diplomatik manbalarga tayanib xabar berdi.

“Muzokaralarni qabul qilish uchun ikki variant ko‘rib chiqilmoqda, ammo Islomobod eng ehtimoliy manzil hisoblanadi”, deydi manbalardan biri.

Nashrning ma’lum qilishicha, muzokaralarda Eronning yadroviy dasturi, Tehronga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni yumshatish, xorijda muzlatib qo‘yilgan Eron aktivlarini ozod qilish masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, tomonlar Hurmuz bo‘g‘ozida xavfsizlikni ta’minlash hamda Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida Livanda amal qilayotgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga rioya etilishini ham ko‘rib chiqishi kutilmoqda.

Al Hadath telekanali manbalariga ko‘ra, AQSH va Eron vakillarining navbatdagi uchrashuv 11 iyul kuni Pokistonda bo‘lib o‘tadi.

Telekanal manbalari muzokaralar kun tartibidan Eronga qarshi sanksiyalar, mamlakatning xorijdagi muzlatilgan aktivlarini qaytarish va yadroviy dastur masalalari o‘rin olgan.

Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp Eron oliy rahnamosi Ali Xomanaiyning dafn marosimi munosabati bilan Tehronga muzokaralarda bir haftalik tanaffus berilganini ma’lum qilgan edi.

18-iyun kuni AQSH va Eron o‘rtasida harbiy harakatlarni to‘xtatishni mustahkamlash hamda muzokaralarning yangi bosqichini boshlashga qaratilgan 60 kunlik vaqtinchalik o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan edi. Biroq oradan bir necha kun o‘tib, Tramp Eronni Hormuz bo‘g‘ozida o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzganlikda aybladi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar